Корхона хақида маълумот

АЖ «Узавтосаноат»
АЖ «Узавтосаноат»
AutoMobile
дан бери аъзо, Jul 19, 2021
Республика Узбекистан, 100000, г.Ташкент, Мирабадский район, ул. Амира Темура,13

Компания хақида

Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va boshchiligida tashkil etilgan “O’zavtosanoat” Aksyiadorlik Kompaniyasi iqtisodiyotimizning bunyodkorlik salohiyatining ramziga aylandi. Nufuzli kompaniyalar bilan teng va o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatishga asoslangan ilgari odimlash strategiyasi raqobatbardosh mahsulotlarni dunyo standartlari darajasida ishlab chiqarishga qaratilgan.

Ayni damda Markaziy Osiyo hududidagi barcha turdagi yengil avtomobillari va tijorat texnikasini ishlab chiqaruvchi yagona davlat O’zbekiston bo’lib turibdi. Bugungi kunda sohada “O’zavtosanoat” Aksiyadorlik Kompaniyasi doirasida birlashtirilgan va bevosita 26 mingdan ortiq ishchi o’rniga ega 85 dan ortiq tarmoq korxonalari va tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda, 200dan ortiq chet el korxonalari bilan hamkorlik aloqalari o`rnatilgan. “O’zavtosanoat” AKning 100% aksiyalari O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan egalik qilinadi va faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan nazoratga olinadi. 

Hozirgi kunda O’zbekistonda avtomobil sanoati bu – asosiy ishlab chiqarish sohasi tushunchasidan ham yuqoriroq tushuncha. Bu dunyo tan olgan va biz g’ururlanadigan muvaffaqiyat. Buning barchasi esa, 21 yil oldin – Andijon viloyati Asaka shaxrida Markaziy Osiyo hududidagi birinchi avtomobil zavodini qurilishidan boshlangan edi.

2004-yilda “O'zavtosanoat” Assosatsiyasi ishlab chiqarish boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida aktsiyadorlik kompaniyaga aylantirildi. Hozirgi kunda u o’nlab katta va o’rta korxonalar bilan bir qatorda Koreya respublikasi, Italiya, Germaniya, AQSH kabi xorijiy mamlakatlar kapitali bilan birgalikda tashkil etilgan kompaniyalarni birlashtiradi.

Корхона хақида маълумот

  • Эл.почта тасдиқланди
    No
  • Жами ходимлар
    51-100
  • Асос солинган вақти
    1994
  • Амалдаги иш ўринлари
    0

Корхона билан боғланиш

Telegram Bot
Oxirgi bo‘sh ish o‘rinlari
Biz bilan bog‘laning
Andijon shahar Aylanma ko‘cha 1- uy