Иш маълумотлари

Qo‘riqchi (05.12.2023) - «Auto Spring Components» МЧЖ

Юборилган сана: Dec 05, 2023

Иш изохи

Andijon viloyati, Andijon tumanida  joylashgan “Auto Spring Components” MCHJ ga "qo‘riqchi" lavozimiga tanlov asosida ishga taklif qilamiz.

Vazifalari:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat.uz portalida e’lon qilingan professional standartga muvofiq, qo‘riqchi quyidagilarni bajara olishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasining qo‘riqlash xizmati faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarni;
  • moddiy boyliklarni qo‘riqlash bo‘yicha buyruqlar, yo‘riqnomalar va tartibga soluvchi boshqa meyoriy hujjatlarni;
  • Qo‘riqlanadigan obyektning qo‘riqlash tizimini va ishlash tartibini;
  • Qo‘riqlanayotgan jamiyatning tuzilishini, chegaralarini, bo‘limlari, bo‘linmalari, omborlari, ishlab chiqarish va ma’muriy binolarining joylashuvini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ishlash tartibini;
  • Tovar-moddiy boyliklarni olib kirish, olib chiqish va saqlash tartibini, ular bo‘yicha yuritiladigan hujjatlar turlarini va rasmiylashtirish tartibini;
  • Tovar-moddiy boyliklarni olib kirish va olib chiqishga ruxsat berish tartibini;
  • Shaxsiy buyumlar, avtotransport vositalari va tovar-moddiy boyliklarni tekshirish, sanash, o‘lchash va miqdorini aniqlash usullarini;
  • Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ushlab turish va bunday holatlar yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini;
  • Ogohlantiruvchi, xabar beruvchi tashvishgohlar va boshqa xavfsizlik qurilmalaridan foydalanish tartibini;
  • Yong‘in signalizatsiyasi texnik vositalaridan foydalanish qoidalarini;
  • Xizmat xonalarini va omborlarni qabul qilish tartibini hamda yong‘in signallari ishlagan holatlarda harakatlanish yo‘nalishlarini;
  • Qo‘riqlash xizmati yurituvidagi mavjud barcha hujjatlarni to‘ldirish, rasmiylashtirish hamda kompyuter texnika va maxsus vositalardan foydalanish tartibini;
  • Jamiyatga kirib chiqish, tovar-moddiy boyliklarni olib kirish, olib chiqish va saqlash tartiblarini, ular bilan bog‘liq ro‘yxatga olish kitoblari va boshqa hujjatlarni to‘ldirish, yuritish va saqlash tartibini, hisob va hisobot ma’lumotlarni tuzish va taqdim etish tartibini.

Talablar:

  • Ma’lumoti: O‘rta-maxsus yoki oliy ma’lumotli bo‘lishi;
  • Yoshi: 25-30
  • Yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilishi;
  • Jismonan sog‘lom, harbiy xizmatni o‘tagan (zahiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar va IIVdan nafaqaga bo‘shatilganlar tavsiya etiladi).

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Uniforma, issiq ovqat;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
  • Ish haqi: Shartnoma asosida;
  • Ish joyi : Andijon tumani, Teraktagi MFY.


Талаб қилинган маҳоратлар

Ўхшаш вакансиялар

Андижон шаҳри, Андижон вилояти, Ўзбекистон

Иш маълумотлари

  • Manzil
    Андижон тумани, Андижон вилояти, Ўзбекистон
  • Компания
  • Тур
  • Смена
    Айланма кундалик иш
  • Мартаба даражаси
  • Позиции
    1
  • Иш тажрибаси
    Без опыта.
  • Жинси
    Ayol
  • Даража
    Ўрта-махсус
  • гача қўллаш
    Dec 08, 2023

Google Харита

Telegram Bot
Oxirgi bo‘sh ish o‘rinlari
Biz bilan bog‘laning
Andijon shahar Aylanma ko‘cha 1- uy