Xorazm viloyati, Tuproqqalʼa tumani Pitnak shahrida joylashgan АJ "Uz-SeMyung Ko." QKga Xorazm filialiga "yig'uvchi-chilangar" lavozimiga tanlov asosida ishga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Korxonaning ishlab chiqarish xolatlarida kelib chiqqan xolda tuzilgan ish grafigiga muvofiq smenaning belgilangan ish boshlanish vaqti va ish yakuniga qadar (tanaffus, obed va rejalashtirilgan marosimlar bundan mustasno) oʼz ish joyida boʼlishi.
Master (brigadir) tomonidan takdim qilgan ishlab chiqarish rejasini bajarish.
Ishlab chiqarishni uzliksiz yurishini taʼminlash, ish mobaynida mavjud boʼlgan muammo va toʼxtalishlar toʼgʼrisida master (brigadir)ga zudlik bilan xabar berish va toʼxtalishlarini bartaraf etish uchun kerakli choralarni koʼrish.
Ishlab chiqarishda nomuvofiq maxsulotlarni ajratish, belgilash va aloxida joyga olib borish (izolyatsiya) qoidalariga rioya qilish. Nomuvofiq maxsulot qabul qilma, nomuvofiq maxsulot yaratma, keyingi uchastkaga nomuvofiq maxsulot oʼtkazma shiori ostida ish olib borish.
Ish joylarida vizual standartlarni bilish va amal qilish (vizual belgilar va jarayonlardagi shartli belgilar koʼrib tezroq anglashga yordam beradi).
Vaziyatni kritik baxolay olishi;
Ishlab chiqarish jarayonlarida standartlashtirilgan Gʼ1GʼO talablariga amal qilish.
Korxonani ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnat muxofazasi, xavfsizlik texnikasi, yongʼin xavfsizligi, va ishlab chiqarish sanitariya qoidalariga amal qilish.
Oʼquv treyninglarda qatnashish, shunigdek, malaka va bilim darajasini oshirish uchun doimo xarakat qilish kerak.
Talablar:
Maʼlumoti: Oʼrta-mahsus, oʼrta
Yashash manzili: Hazorasp va Tuproqqalʼa tumanlaridan boʼlishligi shart
Chet tillarini bilishi: talab etilmaydi
Kompьyuter dasturlaridan foydalana olish koʼnikmalari
(Word, Excel va Power Point va h.k)
Jinsi: Erkak
Yoshi: 20 yoshdan 35 yoshgacha
Ish staji: 1 yildan kam boʼlmagan
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket ;
Maxsus uniforma, issiq ovqat ;
Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash ;
Ish haqi: shartnoma asosida ;