Ish maʼlumotlari

1 C va ASN dasturlarida hisob yurituvchisi - AJ “O’z-Tong Hong Kompani” QK

Yuborilgan sana: Jul 08, 2026

Ish izohi

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani Pitnak shahrida joylashgan «O‘z Tong Hong Kompani» AJ QK Xorazm filialiga “1 C va ASN dasturlarida hisob yurituvchisi” lavozimlariga tanlov asosida ishga taklif qilamiz

 ASN dasturida hisob yurituvchisi vazifalari:

  • Xorazm filialida Yig‘uv va yetkazib berish bo‘limi ASN hisob yurituvchisi vazifasini bajaradi, tayyor mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha hujjatlarni covisint dasturida o‘z vaqtida shakillantiradi, tayyor mahsulotlarning barcha harakatini o‘z vaqtida kirim-chiqimi hujjatlarini hujjatlashtirilishini tayyorlash vazifalarini bajaradi;
  • Topilgan xatolar va noaniqliklarni tuzatish. Tafsilotlarni qo‘shgan holda yangi hujjatlarni kiritish. Qoldiqlar bilan ishlash: har kuni rahbari bilan aloqa qilish va unga bosma shaklda ma’lumot berishni amalga oshiradi;
  • Reja topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajaradi;
  • Mehnat va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy rioya qiladi;
  • Korxonaning ichki mehnat qoidalariga rioya qiladi.
1 C dasturida hisob yurituvchisi vazifalari:
  • Xorazm filialida ta’minot bo‘limi 1 S hisob yurituvchisi vazifasini bajaradi, detallarni qabul qilish bo‘yicha hujjatlar harakatlari, detallarning barcha harakatini o‘z vaqtida kirim-chiqimi hujjatlarini hujjatlashtirilishini, 1 S dasturiga  o‘z vaqtida kirim-chiqim qilish, hisobotlar va hujjatlar to‘plamlarini tuzib arxivga tayyorlash vazifalarini bajaradi;
  • Topilgan xatolar va noaniqliklarni tuzatish. Tafsilotlarni qo‘shgan holda yangi yetkazib beruvchilarni kiritish. Qoldiqlar bilan ishlash: har kuni ta’minot rahbari bilan aloqa qilish va unga bosma shaklda ma’lumot berishni amalga oshiradi;
  • Reja topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajaradi;
  • Mehnat va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy rioya qiladi;
  • Korxonaning ichki mehnat qoidalariga rioya qiladi.

Talablar:

  • Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli;
  • Til ko‘nikmalari: o‘zbek va rus tillarida ravon ham og‘zaki ham yozma biladigan,
  • Kompyuter dasturlaridan foydalana olish ko‘nikmalari (1S,Word, Excel, PowerPoint va x.k. );
  • Jinsi: erkak;
  • Yoshi: 20 yoshdan 35 yoshgacha;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushinish kerak.

 

Mehnat sharoitlari :

  • Ijtimoiy paket;
  • Qo’shimcha mehnat ta’til;
  • Maxsus uniforma, issiq ovqat,bepul transport;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
  • Ish haqi: mehnat shartnomasi asosida;
  • Ish joyi: Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani, Pitnak shahri “Muhabbat” MFY.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Tuproqala tumani, Xorazm viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Шартнома
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
    Тажрибали профессионал
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta maxsus
  • gacha qoʻllash
    Jul 15, 2026

Google Xarita

Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy