Ish maʼlumotlari

Andijon shahar joylashgan “O‘zAutoAustem MCHJ qo‘shma korxonasiga "Iqtisodiy rejalashtirish bo‘lim boshlig‘i " lavozimiga zaxira shakllantirish maqsadida tanlovga taklif qilamiz. - "O‘zauto-Austem" MChJ QK

Yuborilgan sana: Oct 05, 2026

Ish izohi

Andijon shahar joylashgan “O‘zAutoAustem MCHJ qo‘shma korxonasiga "Iqtisodiy rejalashtirish bo‘lim boshlig‘i " lavozimiga zaxira shakllantirish maqsadida tanlovga taklif qilamiz.

Таlаblаr:

  • Ma’lumoti: Iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi, menejment yoki boshqa tegishli yo‘nalishlarda oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 25 yoshdan 45 yoshgacha;

Ish tajribasi:

- Iqtisodiyot, moliya, rejalashtirish yoki tahlil yo‘nalishlarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;

- Rahbarlik lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq;

- Ishlab chiqarish korxonalarida iqtisodiy rejalashtirish, tannarx hisoblash va moliyaviy tahlil bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi afzal.

Kasbiy bilim va ko‘nikmalar:

- Korxonaning iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini rejalashtirish;

- Qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy rejalar hamda prognozlarni ishlab chiqish;

- Mahsulot tannarxini hisoblash va tahlil qilish;

- Ishlab chiqarish xarajatlari, umumxo‘jalik va boshqa xarajatlarni tahlil qilish;

- Byudjetlashtirish va byudjet ijrosini nazorat qilish;

- Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;

- Xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- Biznes-reja, smeta va iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlash;

- Ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlillar o‘tkazish;

- Rahbariyat uchun iqtisodiy tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni tayyorlash.

 Kompyuter dasturlarini bilishi:

- MS Excel dasturini yuqori darajada bilishi, jumladan formulalar, Pivot Table, Power Query va iqtisodiy tahlil vositalaridan foydalana olishi;

- 1C dasturida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;

- MS Word va PowerPoint dasturlarini yaxshi bilishi;

- ERP, BI yoki boshqa korporativ axborot tizimlarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi afzal.

Shaxsiy va rahbarlik ko‘nikmalari:

- Analitik va tizimli fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi;

- Jamoani boshqarish va vazifalarni samarali taqsimlay olishi;

- Mas’uliyatli, tashabbuskor va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi;

- Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va asoslangan qarorlar qabul qila olishi;

- Boshqa bo‘limlar bilan samarali hamkorlik qila olishi.

Til bilish:

- O‘zbek va rus tillarida erkin ish yurita olishi;

- Ingliz tilini bilishi afzal hisoblanadi

 


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Kunduzgi
  • Martaba darajasi
    Бўлим бошлиғи
  • Ish tajribasi
    3 yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Oct 07, 2026

Google Xarita