Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “AutoRubber” MChJga “axborot texnologiyalari mutaxassisi” lavozimiga (01.04.2026y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Tizim boshqaruvi (System Administration): Windows/Linux serverlarini boshqarish; Esxi-Vsenterda serverlarni boshqarish; Kerio control bo’yicha malaka; tarmoq xavfsizligini ta'minlash, IP-telefoniya va Face ID qurilmalari bilan ishlash.
Dasturlash: Kamida bitta dasturlash tilini (masalan, Python, Java, JavaScript, PHP) yaxshi bilish.
Ma'lumotlar bazasi: SQL (MySQL, PostgreSQL, Oracle) bilan ishlash tajribasi.
Texnik xizmat: Kompyuter, printer, skaner va boshqa tashkiliy texnikalarni sozlash hamda ta'mirlash.
Veb-sayt, veb-serverlar bilan ishlashni mukammal bilishi;
Windows OS tizimlari (tizim administratori darajasida), Photoshop va Ofis dasturlarini mukammal bilishi;
Korxonadagi barcha orgtexnika kurilmalari uchyotini yuritish;
Tizimning uzluksiz ishlashini ta'minlash va ish paytida yuzaga keladigan qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun tezkor choralar ko'rish;
Texnik bilim: Kompyuter qismlarini (hardware) tushunish, operatsion tizimlar (Windows 10/11, Server) va ofis dasturlarini o‘rnatish/sozlash.
Tarmoq ma'murlash: IP manzillar, routerlar, kommutatorlar va Wi-Fi tarmoqlarini sozlash.
Xavfsizlik: Antivirus dasturlari bilan ishlash va ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash.
Texnik qo'llab-quvvatlash: Foydalanuvchilarga texnik yordam ko'rsatish (Helpdesk).
Qo'shimcha talablar (ish beruvchiga qarab):
Tajriba: IT sohasida kamida 1-3 yillik ish staji.
Dasturlash/Baza: SQL, 1C:Korxona dasturi yoki Active Directory bilan ishlash tajribasi.
Tillar: O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tili texnik hujjatlarni o‘qish uchun).
Umuman olganda, IT mutaxassisi korxonadagi barcha texnik qurilmalarning uzluksiz ishlashini ta'minlashi shart.
Talablar:
Kompyuter dasturlaridan foydalana olish ko‘nikmalari (Word, Excel, PowerPoint 1C dasturi); Jinsi: Erkak;
Yoshi: 25- 35 yoshgacha;
Korxona siyosati, prinsiplari, strategilarini tushunishi kerak.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Qo’shimcha mehnat ta’til;
Maxsus uniforma, issiq ovqat, shahar ichi bo‘ylab bepul transport;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
Ish joyi: Andijon shahar,Boburshox ko‘chasi 73-uy.