Ish maʼlumotlari

Buxgalter - "Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK

Yuborilgan sana: Sep 24, 2026

Ish izohi

Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” QK MCHJga Buxgalter lavozimiga ishga taklif qilamiz

Vazifalari:

  • Oʻz ish faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlariga va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilish;
  • Korxona moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va bevosita rahbariga takliflar kiritish;
  • Korxonaning moliyaviy operatsiyalarini buxgalteriya standartlariga muvofiq qayd etish;
  • Buxgalteriya hujjatlari (hisob-faktura, dalolatnoma va h.k.) ni rasmiylashtirish va saqlash;
  • Ish haqi, bonuslar, kompensatsiyalarini hisoblash va toʻlovlarni amalga oshirish;
  • Bank aylanmasini yuritish;
  • Yetkazib beruvchilar va mijozlar bilan hisob-kitoblarni yuritish.
  • Biriktirilgan bank xodimlari bilan ish haqi va toʻlovlarga oid jarayonlarni oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida uzviy aloqa oʻrnatish;
  • Korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash zarurligiga asoslanib, buxgalteriya hisobi va siyosatining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini shakllantirish va bajarilishida ishtirok etish;
  • Korxona boʻlimlarining xodimlariga buxgalteriya hisobi va soliq hisobi, nazorat, hisobot va iqtisodiy tahlil boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatish;
  • Korxonaga oid buyruqlarni oʻz vaqtida 1C dasturiga kiritish;
  • Korxona ichki mehnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish;
  • Lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.

Talablari:

  • Oliy (moliya va iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi) ma’lumotga ega boʻlishi;
  • Moliyaviy-xoʻjalik sohasida 2 yildan yuqori ish tajribasiga ega boʻlishi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi qonunchiligini, Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini bilishi, Soliq kodeksidan xabardor boʻlishi;
  • Til koʻnikmalari: rus-oʻzbek tillarida ravon, ham ogʻzaki, ham yozma biladigan;
  • Kompyuter dasturlaridan foydalana olish koʻnikmalari (A’lo darajada boʻlishi kerak, 1C dasturini mukammal bilishi kerak);
  • Yoshi: 40 yoshgacha;
  • Jinsi: Erkak;
  • Boshqa vazifalar va talablar lavozim yoʻriqnomasida koʻrsatib oʻtiladi.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
  •   Ish haqi: Tarif setkasi asosida;
  •   Ish joyi: Andijon shahar Industrial 4-uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Kunduzgi
  • Martaba darajasi
    Тажрибали профессионал
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Sep 30, 2026

Google Xarita

г. Андижан, Индустриальная 4