Ish maʼlumotlari

Chilangar (05.10.2026y.) - MChJ "UzSungwoo" QK

Yuborilgan sana: Oct 05, 2026

Ish izohi

Farg’ona viloyati, Farg’ona shaxrida joylashgan MChJ “UZSUNGWOO” QK ga “chilangar” lavozimiga tanlov asosida ishga taklif qilamiz.

Asosiy  vazifalari:

  • Detal qoliplarini taʼmirlash va sozlash;

  • Qoliplarni qismlarga ajratish va qayta yigʻish;

  • Qolip detallarini payvandlash va tiklash ishlarini bajarish;

  • Argon va elektrod payvandlash ishlarini bajarish;

  • Bolgarka (grinder) yordamida kesish, tozalash va silliqlash ishlarini bajarish;

  • Qolip mexanizmlari va harakatlanuvchi qismlarini tekshirish;

  • Taʼmirlangan qoliplarni sinovdan oʻtkazish va ishlash holatiga keltirish;

  • Texnik chizmalar asosida ishlash;

  • Chilangarlik asboblari va oʻlchov vositalaridan toʻgʻri foydalanish;

  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Talablar:

  • Oʻrta – Oliy maʼlumotli;

  • Til koʻnikmalari: Rus tillarini bilish;

  • Jinsi: erkak;

  • Yoshi: 25 yoshdan 35 yoshgacha.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;

  • Maxsus uniforma, issiq ovqat;

  • Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;

  • Ish haqi: mehnat shartnomasi asosida;

  • Ish vaqti: grafik asosida 11 soatlik tartibida;

  • Ish joyi: Fargʻona shahar, Aeroport koʻchasi, 68-uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Farg'ona shahri, Fargona viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
    Бошланғич даража
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta maxsus
  • gacha qoʻllash
    Oct 08, 2026

Google Xarita