Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Koram Ko” MChJga “chilangar” lavozimiga (16.10.2025y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Uskunalar, agregatlar va mexanizmlarni profilaktik tekshirish, ta’mirlash va yig‘ish.
Texnik xizmat ko‘rsatish rejasi asosida uskunalarni ishchi holatda saqlash.
Termoplast avtomatning gidravlika tizimlarini, gidravlika bilan ishlovchi mexanizmlarini va qurilmalarini bilish, termoplast avtomat chizmalarini o‘qiy olish.
To‘satdan yuzaga kelgan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish.
Yangidan o‘rnatilgan uskunalarni ishga tayyorlash va sinovdan o‘tkazish.
Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish.
Talablar:
O‘rta maxsus (oliy ma’lumot ma’qullanadi) ma’lumotga ega bo‘lish;
Yosh talabi: 25 yoshdan 45 yoshgacha qabul qilinadi;
Jinsi: Erkak;
Uskuna va mexanizmlarning tuzilishi hamda ishlash prinsipini bilish.
Asbob-uskunalar va chilangar vositalari bilan ishlay olish.
Chizma va texnik hujjatlarni o‘qiy olish.
Texnik yog‘lash, qotirish, tozalash va yig‘ish usullarini bilish.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket.
Issiq ovqat.
Yo‘l kira.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash.
Ish haqi: shartnoma asosida.
Ish vaqti: shartnoma asosida.
Ish joyi: Andijon shahri, Yangi aylana ko‘chasi, 1-uy.