Ish maʼlumotlari

Chilangar-santexnik - "Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK

Yuborilgan sana: Aug 24, 2026

Ish izohi

Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” QK MCHJga chilangar-santexnik lavozimiga ishga taklif qilamiz

Vazifalari:

  • Korxona hududidagi barcha santexnika jihozlari (kranlar, rakovina, unitaz, dush, smesitellar, sifon, boyler, maxsus shlanglar va boshqalar)ni montaj qilish va ta’mirlash;
  • Korxonaga oʻrnatilayotgan yangi santexnika jihozlarini oʻrnatishda qatnashish;
  • Suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish tizimlarini oʻrnatish, sozlash va ta’mirlash;
  • Texnik shartlarning barcha talablariga rioya qilish;
  • Quvurlar va biriktiruvchi qismlarning sozligini ta’minlash, qurilish ishlarida qatnashish;
  • Avariya holatlarini bartaraf etish va tezkor ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
  • Suv sizib chiqishi, tiqilib qolish va boshqa nosozliklarni aniqlash hamda bartaraf etish;
  • Santexnika tizimlarining profilaktik koʻriklarini oʻtkazish;
  • Mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik, me'yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlar talablari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi, yong‘indan himoya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qiladi;
  • Baxtsiz hodisalar yoki favqulodda vaziyatlarda u jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishi shart;
  • Oʻzining bevosita rahbarining oʻz faoliyatiga tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
  • Korxona sirlarini tarqatmaslik va tarqalishini oldini olish;
  • Professional axloqqa qatʼiy rioya qilish, ziddiyatli vaziyatlarni chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, ishchi xodim va rahbar xodimlar bilan samimiy munosabatda boʻlish, qoʻpol muomala qilmaslik, hushmuomala, mehnatsevar boʻlishi, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va aniq bajarishi jamoa bilan birgalikda ishlay olishligi kerak. Uning nazoratida aniqlangan kamchiliklar muammolarni bartaraf etish uchun oʻz vaqtida chora-tadbirlar qilish; (bevosita boshligʻiga eskalatsiya qilish)
  • Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish va lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.

Talablar:

  • Oʻrta-maxsus (chilangar-santexnik yoʻnalishda) ma’lumotga ega boʻlsa ma’qullanadi;
  • Kasbga oʻqitish va Monomarkazlar tomonidan berilgan chilangar-santexnik yoʻnalishi boʻyicha maxsus sertifikatiga ega boʻlsa ham ma’qullanadi;
  • Soha boʻyicha kamida ish staji 1 yil;
  • Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 35 yoshgacha;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Issiq ovqat va maxsus kiyim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
  • Ish haqi: Shtatlar jadvaliga asosan;
  • Ish joyi: “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK, Andijon shahri, Industrial koʻchasi, 4-uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Kunduzgi
  • Martaba darajasi
    Тажрибали профессионал
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta maxsus
  • gacha qoʻllash
    Aug 29, 2026

Google Xarita

г. Андижан, Индустриальная 4