Ish maʼlumotlari

ChPU operatori (05.10.2026) - MChJ "UzSungwoo" QK

Yuborilgan sana: Oct 05, 2026

Ish izohi

Farg’ona viloyati, Farg’ona shaxrida joylashgan MChJ “UZSUNGWOO” QK ga “ChPU operatori” lavozimiga tanlov asosida ishga taklif qilamiz.

Asosiy  vazifalari:

  • ChPU stanoklarida detallarga belgilangan texnologik jarayon asosida mexanik ishlov berish;
  • Texnik chizmalar, texnologik kartalar va dasturlar asosida ishlash;
  • ChPU stanogini ishga tayyorlash, sozlash va ish jarayonini nazorat qilish;
  • Zagotovkani stanokka toʻgʻri oʻrnatish va mahkamlash;
  • Kesuvchi asboblarni oʻrnatish, almashtirish va sozlash;
  • Asboblarning yeyilishini nazorat qilish va zarur hollarda almashtirish;
  • Stanokning nol nuqtasi va koordinatalarini oʻrnatish;
  • CNC dasturlarini stanokka yuklash, tekshirish va ish jarayonida nazorat qilish;
  • Zarur hollarda instrument korreksiyalarini kiritish;
  • Ishlov berish rejimlarini nazorat qilish va texnologik talablarga muvofiqlashtirish;
  • Tayyor detallarning oʻlchamlarini shtangensirkul, mikrometr, indikator va boshqa oʻlchov asboblari yordamida tekshirish;
  • Aniqlangan nuqsonlar va oʻlcham ogʻishlarini bartaraf etish choralarini koʻrish;
  • Birinchi tayyorlangan detalni nazoratdan oʻtkazish va keyingi ishlov berish jarayonini taʼminlash;
  • Stanok ishida yuzaga kelgan nosozliklar haqida masʼul xodimlarga oʻz vaqtida xabar berish;
  • Ish joyi, stanok va asbob-uskunalarni toza va soz holatda saqlash;
  • Ishlab chiqarish topshiriqlarining belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiq bajarilishini taʼminlash;
  • Mehnat muhofazasi, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

Talablar:

  • Oʻrta – Oliy maʼlumotli;
  • Til koʻnikmalari: Rus-Ingliz tillarini bilish
  • Jinsi: erkak;
  • Yoshi: 25 yoshdan 40 yoshgacha;

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Maxsus uniforma, issiq ovqat;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
  • Ish haqi: mehnat shartnomasi asosida;
  • Ish vaqti: grafik asosida 11 soatlik tartibida;
  • Ish joyi: Fargʻona shahar, Aeroport koʻchasi, 68 uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Farg'ona shahri, Fargona viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
    Бошланғич даража
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta maxsus
  • gacha qoʻllash
    Oct 08, 2026

Google Xarita