Ish maʼlumotlari

Dasturchi (12.10.2026) - MChJ "UzSungwoo" QK

Yuborilgan sana: Oct 12, 2026

Ish izohi

Fargona viloyati Fargona shaxrida joylashgan MCHJ “UZSUNGWOO” QK ga Texnik va komunal boʻlimiga dasturchi lavozimiga ishga  taklif qilamiz  (Shtat jadvali asosida)
 
Asosiy  vazifalari:
-Ishlab chiqarishdagi avtomatlashtirilgan dastgohlar va texnologik liniyalarning PLC dasturlarini sozlash, tahlil qilish va oʻzgartirish;
-Siemens PLC bilan ishlash;
-TIA Portal va STEP 7 dasturlarida PLC dasturlarini ishlab chiqish va sozlash;
-HMI panellar va WinCC tizimlarini dasturlash, sozlash va texnik xizmat koʻrsatish;
-Dastgohlarda yuzaga keladigan PLC, HMI va SCADA xatoliklarini aniqlash va bartaraf etish;
-Dastgohlarning avtomatik boshqaruv algoritmlarini tekshirish va takomillashtirish;
-Sensorlar, ijrochi mexanizmlar, motorlar, chastota oʻzgartirgichlar va boshqa avtomatika qurilmalarining PLC bilan ishlashini nazorat qilish;
-PLC, HMI, SCADA va boshqa avtomatika qurilmalari oʻrtasidagi aloqa tizimlarini sozlash;
-PROFINET, PROFIBUS, Modbus va boshqa sanoat aloqa protokollari bilan ishlash;
-Dastgohlar toʻxtab qolganda dasturiy nosozliklarni tezkor aniqlash va bartaraf etish;
-PLC va HMI dasturlarining zaxira nusxalarini (Backup) yaratish va saqlash;
-Dastgoh dasturlariga kiritilgan oʻzgarishlarni hujjatlashtirish;
- Yangi dastgoh va avtomatlashtirilgan liniyalarni ishga tushirish va sozlashda ishtirok etish;
-Elektrik va mexanik mutaxassislar bilan hamkorlikda dastgoh nosozliklarini aniqlash va bartaraf etish;
-Ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz va xavfsiz ishlashini taʼminlash;
-Mehnat muhofazasi, elektr xavfsizligi va ishlab chiqarish xavfsizligi talablariga rioya qilish.   
Taʼmirlash ishlari:
-
Dastgohlarning PLC, HMI, SCADA va avtomatlashtirish tizimlaridagi dasturiy nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish;
-Avtomatlashtirish qurilmalari, sensorlar, chastota oʻzgartirgichlar va ijrochi mexanizmlardagi nosozliklarni diagnostika qilish;
-Dastgoh ishlash jarayonida yuzaga keladigan avariya va xatoliklarni tezkor aniqlash hamda bartaraf etish;
-Taʼmirlash ishlaridan soʻng PLC, HMI va avtomatlashtirish tizimlarini qayta sozlash va ishga tushirish;
-Taʼmirlash jarayonida elektr va mexanik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlash;
-Taʼmirlash ishlarida mehnat muhofazasi va elektr xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilish.
Loyiha va sxema boʻyicha ishlash:
-Loyiha hujjatlari, elektr sxemalari va avtomatlashtirish sxemalari asosida ishlash;                     -PLC, HMI, sensorlar, ijrochi mexanizmlar va boshqa avtomatika qurilmalarining elektr va funksional sxemalarini oʻqish va tahlil qilish;                                                                                    -Dastgohlarning elektr sxemalariga muvofiq PLC dasturlarini sozlash va oʻzgartirish;                      
-Sxemalardagi nosozliklarni aniqlash, signallarni tekshirish va zarur texnik oʻzgartishlarni amalga oshirish;
-Yangi dastgoh va avtomatlashtirish loyihalarini joriy etishda sxema va texnik hujjatlar bilan ishlash.                                                                                                   
 
 
Talablar :
  • Urta – Oliy maʼlumotli;
  • Til koʻnikmalari: Rus-Ingiliz tillarini bilish
  • Jinsi: erkak;
  • Yoshi: 25 yoshdan 40 yoshgacha;
 
Mehnat sharoitlari :
  • Ijtimoiy paket;
  • Maxsus uniforma, issiq ovqat;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
  • Ish haqi: mehnat shartnomasi asosida;
  • Ish vaqti: grafik asosida 11 soatlik tartibida;
    Ish joyi: Fargona shaxar, Aeroport koʻchasi, 68 uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Farg'ona shahri, Fargona viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
    Тажрибали профессионал
  • Ish tajribasi
    3 yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta maxsus
  • gacha qoʻllash
    Oct 15, 2026

Google Xarita