Ish maʼlumotlari

Direktor (Farg'ona filialiga) (09.10.2025y.) - "Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK

Yuborilgan sana: Jul 30, 2025

Ish izohi

Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumanida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK Farg'ona viloyat filialiga "Direktor" lavozimiga (09.10.2025y.) tanlovga taklif qilamiz.

 Vazifalari:

  • Ishlab chiqarish sohasi, asosan Termoplastavtomat uchastkalarida ish tashkil qilish, ish taqsimlash va me’yorlash ishlarini mustaqil bajara olishi hamda Termoplastavtomat dastgohlari boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi;
  • Korxonaning xoʻjalik va moliyaviy faoliyatini optimal ravishda tashkil etish va iqtisodiy, moddiy mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, korxona mulkining saqlanishini ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Korxona faoliyatining tarkibiy tuzilmasida, qonun hujjatlarini shakllantirish va bajarilishida ishtirok etish;
  • Tovar-moddiy boyliklarni hisobda saqlash va toʻgʻri saqlash boʻyicha choralar koʻrish.
  • Ichki mehnat tartib qoidalarini korxona boʻyicha ta’minlash uchun choralar koʻrish.

Talablari:

  • Oliy (Texnik-muhandislik, iqtisodiyot-moliya) ma’lumotli, ishlab chiqarish sohasida 3 yildan yuqori ish tajribasiga ega boʻlishi;
  • Til koʻnikmalari: rus-oʻzbek tillarida ravon, ham ogʻzaki, ham yozma biladigan;
  • Kompyuter dasturlaridan foydalana olish koʻnikmalari (Microsoft office dasturlarini a’lo darajada boʻlishi kerak);
  • Yoshi: Chegarasiz;
  • Jinsi: Farqi yoʻq;
  • Boshqa vazifalar va talablar lavozim yoʻriqnomasida koʻrsatib oʻtiladi.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
  • Ish haqi: Tarif setkasi asosida;
  • Ish joyi: Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    O'zbekiston tumani, Fargona viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
  • Smena
    Kunduzgi
  • Martaba darajasi
  • Ish tajribasi
    3 yildan ko'p
  • Jinsi
    Ahamiyatsiz
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Oct 13, 2025

Google Xarita

г. Андижан, Индустриальная 4
Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy