Ish maʼlumotlari

Ekstruder liniyasi boshlig‘i - "Auto Rubber" MChJ

Yuborilgan sana: Oct 19, 2026

Ish izohi

"AUTO RUBBER" MCHJ (Andijon sh) "Ekstruder liniyasi boshlig‘i" lavozimiga zaxira shakllantirish maqsadida tanlovga taklif qilamiz.

Таlаblаr:

  • Ma’lumoti: Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 30 yoshdan 45 yoshgacha;

Аsosiy vazifalari:

  • Ekstruder liniyasining kundalik, haftalik va oylik ishlab chiqarish rejalarini bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish.

  • Ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz tashkil etish, ishchi kuchi, xomashyo va materiallardan samarali foydalanishni ta’minlash.

  • Liniyadagi brigadirlar, operatorlar, sozlovchilar va boshqa xodimlarning ish faoliyatini muvofiqlashtirish.

  • Xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, smenalar davomiyligi va ish intizomiga rioya etilishini nazorat qilish.

  • Ekstruder uskunalarining texnik holati, ishlash barqarorligi va texnologik parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish.

  • Rezina aralashmasi va boshqa xomashyolarning ishlab chiqarish talablariga muvofiq ishlatilishini ta’minlash.

  • Mahsulotlarning belgilangan o‘lcham, shakl, tashqi ko‘rinish va boshqa sifat ko‘rsatkichlariga muvofiqligini nazorat qilish.

  • Nuqsonli mahsulotlar ishlab chiqarilishining oldini olish, aniqlangan nomuvofiqliklar sabablarini o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘rish.

  • Ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha kunlik hisobotlarni yuritish, ishlab chiqarish rejasi bajarilishini tahlil qilish.

  • Uskunalar nosozligi, xomashyo yetishmovchiligi yoki ishlab chiqarishdagi boshqa uzilishlar haqida tegishli rahbarlarga o‘z vaqtida axborot berish.

  • Texnologik yo‘riqnomalar, ish standartlari va ishlab chiqarish reglamentlariga rioya etilishini ta’minlash.

  • Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va ekologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

  • Ish joylarida 5S tizimi, tozalik, tartib va ishlab chiqarish madaniyatini ta’minlash.

  • Xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, yangi ishchilarni o‘rgatish va ularning ishga moslashuviga ko‘maklashish.

  • Mahsulot tannarxini kamaytirish, chiqindilarni qisqartirish va mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

  • Boshqa bo‘limlar, jumladan sifat nazorati, texnologiya, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari bilan hamkorlik qilish.

  • Rahbariyat tomonidan lavozim vakolati doirasida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
    Бўлим бошлиғи
  • Ish tajribasi
    3 yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Oct 22, 2026

Google Xarita