Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QKga “elektrik” lavozimiga (06.05.2026y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Korxonaning qurilmalar va elektr jihozlarining yaxshi holatini, muammosiz va ishonchli ishlashini taʼminlaydi;
Korxonaga oʻrnatilayotgan yangi uskuna va elektr tarmoqlarini oʻrnatishda qatnashadi;
Dastgohlardagi rejali-tekshirish ishlari jadvaliga muvofiq uskunaning elektr qismini rejali profilaktika ishlarini (PPR) amalga oshiradi;
Uskunaning texnik holatini, ta’mirlash ishlarining sifatini tekshirishda, shuningdek korxonada yangi yetkazib beriladigan uskunalarni qabul qilishda va agar kerak bo‘lsa, uni bekor qilish yoki boshqa korxonalarga topshirish ishlarida ishtirok etadi;
Ta’mirlash ishlarini tayyorlashni tashkil qiladi, uskunalarni ta'mirlash uchun ehtiyot qismlarga ehtiyojni belgilaydi;
Uskunalarni ta’mirlash va sinovdan o‘tkazishda ishtirok etadigan korxona bo‘linmalari faoliyati, uni ishlatish, texnik xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
Mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik, me'yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlar talablari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi, yong‘indan himoya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qiladi;
Oʻzining bevosita rahbarining oʻz faoliyatiga tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Elektr tizimiga rejali texnik xizmat ko‘rsatish, favqulodda taʼmirlash, uskunalarni sozlash;
Dastgohlarning boshqaruv tizimidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish;
Baxtsiz hodisalar yoki favqulodda vaziyatlarda u jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishi shart;
Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishni va ta’mirlashni tashkil etishni takomillashtirish, mehnat samaradorlik va ularning sifatini yaxshilash, asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishda ishtirok etadi;
Ishlab chiqarishning texnik rivojlanishini rejalashtirish, asosiy vositalarni kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlarda qatnashadi;
Uskunalarni profilaktik ta’mirlash va ta’mirlash bo‘yicha me’yoriy materiallarni (ta’mirlash va ekspluatatsiya harajatlari standartlari, ehtiyot qismlarning ishlash muddati, almashtiriladigan va eskiradigan qismlarning hujjatlari) ishlab chiqadi;
Uskunalarning eskirishi, favqulodda va ishlamay qolishi sabablarini tahlil qiladi, shuningdek ishlab chiqarishdagi shikastlanish sabablarini tekshirishda ishtirok etadi, uning oldini olish choralarini ko‘radi;
Uskunani ishlatish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun standartlar va texnik shartlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarda qatnashadi.