Ish maʼlumotlari

Elektrik (17.02.2026y.) - "Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK

Yuborilgan sana: Feb 17, 2026

Ish izohi

Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QKga "Elektrik" lavozimiga (17.02.2026y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.

Vazifalari:

  • Korxonaning qurilmalar va elektr jihozlarining  yaxshi holatini, muammosiz va ishonchli ishlashini taʼminlaydi;
  • Korxonaga oʻrnatilayotgan yangi uskuna va elektr tarmoqlarini oʻrnatishda qatnashadi;
  • Dastgohlardagi rejali-tekshirish ishlari jadvaliga muvofiq uskunaning elektr qismini rejali profilaktika ishlarini (PPR) amalga oshiradi;
  • Uskunaning texnik holatini, ta’mirlash ishlarining sifatini tekshirishda, shuningdek korxonada yangi yetkazib beriladigan uskunalarni qabul qilishda va agar kerak bo‘lsa, uni bekor qilish yoki boshqa korxonalarga topshirish ishlarida ishtirok etadi;
  • Ta’mirlash ishlarini tayyorlashni tashkil qiladi, uskunalarni ta'mirlash uchun ehtiyot qismlarga ehtiyojni belgilaydi;
  • Uskunalarni ta’mirlash va sinovdan o‘tkazishda ishtirok etadigan korxona bo‘linmalari faoliyati, uni ishlatish, texnik xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
  • Mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik, me'yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlar talablari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi, yong‘indan himoya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qiladi;
  • Oʻzining bevosita rahbarining oʻz faoliyatiga tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
  • Elektr tizimiga rejali texnik xizmat ko‘rsatish, favqulodda taʼmirlash, uskunalarni sozlash;
  • Dastgohlarning boshqaruv tizimidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish;
  • Baxtsiz hodisalar yoki favqulodda vaziyatlarda u jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishi shart;
  • Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishni va ta’mirlashni tashkil etishni takomillashtirish, mehnat samaradorlik va ularning sifatini yaxshilash, asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishda ishtirok etadi;
  • Ishlab chiqarishning texnik rivojlanishini rejalashtirish, asosiy vositalarni kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlarda qatnashadi;
  • Uskunalarni profilaktik ta’mirlash va ta’mirlash bo‘yicha me’yoriy materiallarni (ta’mirlash va ekspluatatsiya harajatlari standartlari, ehtiyot qismlarning ishlash muddati, almashtiriladigan va eskiradigan qismlarning hujjatlari) ishlab chiqadi;
  • Uskunalarning eskirishi, favqulodda va ishlamay qolishi sabablarini tahlil qiladi, shuningdek ishlab chiqarishdagi shikastlanish sabablarini tekshirishda ishtirok etadi, uning oldini olish choralarini ko‘radi;
  • Uskunani ishlatish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun standartlar va texnik shartlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarda qatnashadi.

Talablar:

  • Oʻrta-maxsus (elektrik, elektrotexnika yoʻnalishda) ma’lumotga ega;
  • Kasbga oʻqitish va Monomarkazlar elektrik yoʻnalishi boʻyicha maxsus sertifikatiga ega boʻlsa ham ma’qullanadi;
  • Elektro sxemalarni oʻqiy olishi;
  • Soha boʻyicha kamida ish staji 1 yil;
  • Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 45 yoshgacha;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Issiq ovqat va maxsus kiyim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
  • Ish haqi: Shtatlar jadvaliga asosan;
  • Ish joyi: “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK, Andijon shahri, Industrial koʻchasi, 4-uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
  • Ish tajribasi
    3 yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta maxsus
  • gacha qoʻllash
    Feb 20, 2026

Google Xarita

г. Андижан, Индустриальная 4
Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy