Ish maʼlumotlari

Elektroeroziya operatori (05.10.2026) - MChJ "UzSungwoo" QK

Yuborilgan sana: Oct 05, 2026

Ish izohi

Farg’ona viloyati, Farg’ona shaxrida joylashgan MChJ “UZSUNGWOO” QK ga “Elektroeroziya operatori ” lavozimiga tanlov asosida ishga taklif qilamiz.

Asosiy  vazifalari:

  • Elektroeroziya stanoklarida detallar va qolip elementlariga belgilangan texnologiya asosida ishlov berish;
  • Mastercam dasturida ishlash, elektroeroziya stanoklari uchun ishlov berish dasturlarini tayyorlash va tahrirlash koʻnikmasi;
  • AutoCAD dasturida 2D chizmalarni oʻqish, tahlil qilish va zarur hollarda tahrirlash;
  • Texnik chizmalar asosida elektrod va detal geometriyasini aniqlash;
  • CAD/CAM dasturlarida tayyorlangan model va chizmalarni ishlab chiqarish texnologiyasiga moslashtira olish;
  • Elektroeroziya stanogining dasturiy boshqaruv tizimi bilan ishlash koʻnikmasi;
  • G-kodlar va stanokning asosiy boshqaruv komandalarini tushunish;
  • Mastercam orqali trayektoriya (Toolpath) yaratish va ishlov berish parametrlarini sozlash;
  • Tayyor dasturni stanokka yuklashdan oldin simulyatsiya va tekshiruvdan oʻtkazish;
  • Qolip va shtamp detallarini tayyorlashda CAD/CAM texnologiyalaridan foydalana olish.
  • Elektroeroziya stanogini ishga tayyorlash va texnologik rejimlarni sozlash;
  • Zagotovkani stanok stoliga toʻgʻri oʻrnatish va ishonchli mahkamlash;
  • Detal va elektrodning koordinatalarini aniqlash hamda nol nuqtani oʻrnatish;
  • Elektroeroziyada tok kuchi, impuls davomiyligi, chastota va boshqa ishlov berish parametrlarini texnologik talablarga muvofiq sozlash;
  • Ishlov berish jarayonini doimiy nazorat qilish;
  • Detallarni belgilangan oʻlcham va aniqlik talablariga muvofiq tayyorlash;
  • Shtangensirkul, mikrometr, indikator, nutromer va boshqa nazorat-oʻlchov asboblaridan foydalanish;
  • Ishlov berilgan yuzalarning sifati va gʻadir-budurligini nazorat qilish;
  • Elektrodlarning yeyilishi va ishlov berish natijalarini nazorat qilish;
  • Zarur hollarda dastur va texnologik parametrlarga korreksiya kiritish;
  • Stanokda yuzaga kelgan nosozliklar yoki avariyaviy holatlar haqida masʼul xodimlarga zudlik bilan xabar berish;
  • Stanok, elektrodlar, asboblar va ish joyini toza hamda soz holatda saqlash;
  • Qolip va shtamp detallariga yuqori aniqlikda ishlov berish texnologiyalariga rioya qilish;
  • Ishlab chiqarish topshiriqlarini belgilangan muddat va sifat talablari asosida bajarish;
  • Mehnat muhofazasi, elektr xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish.

Talablar:

  • Oʻrta – Oliy maʼlumotli;
  • Til koʻnikmalari: Rus tillarini bilish
  • Jinsi: erkak;
  • Yoshi: 25 yoshdan 35 yoshgacha;

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Maxsus uniforma, issiq ovqat;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
  • Ish haqi: mehnat shartnomasi asosida;
  • Ish vaqti: grafik asosida 11 soatlik tartibida;
  • Ish joyi: Fargʻona shahar, Aeroport koʻchasi, 68 uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Farg'ona shahri, Fargona viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
    Бошланғич даража
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta maxsus
  • gacha qoʻllash
    Oct 08, 2026

Google Xarita