Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QKga "energomexanika boʻlimi boshligʻi" lavozimiga (17.12.2025y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Uskunalar va mexanizmlarning texnik jihatdan to‘g‘ri ishlashini va o‘z vaqtida ta’mirlanishini, ishlab chiqarishning uzluksiz ishlashini talab qilinadigan aniqlikda tashkil etadi.
Uskunalarni tekshirish, sinash va profilaktik ta’mirlash bo‘yicha rejani ishlab chiqishni, ularni amalga oshirishni tasdiqlaydi, ishlab chiqarishga texnik tayyorgarlikni ta’minlaydi.
Ta’mirlashga jalb qilingan pudratchilar bilan rejalarni (jadvalni) muvofiqlashtiradi, ularni o‘z vaqtida zarur texnik hujjatlar bilan ta’minlaydi va kapital ta’mirlash uchun asosiy ish ro‘yxatlarini tayyorlashda dalolatnoma tuzadi.
Uskunalarni ishlatish, ta’mirlash, texnik va hisobot hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ehtiyot qismlarni sotib olish uchun arizalar tayyorlanishini nazorat qiladi. Shuningdek, agar kerak bo‘lsa, jihozlarni yig‘ish va ta'mirlash uchun ehtiyot qismlarni tayyorlash va sotib olish huquqiga ega.
Yangi texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha eksperimental sozlash va boshqa ishlarda, uskunalarni sinovdan o‘tkazishda qatnashadi.
Uskunaning eskirishi va uning ishlamay qolishi sabablarini o‘rganishda, baxtsiz hodisalarni tekshirishda, ularni yo‘q qilish va oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi.
“O‘zsanoatkontexnazorat” ga yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosimli idishlar tekshiruvini o‘z vaqtida topshirish.
Xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnatni ilmiy tashkil qilishni, ta'mirlash va ekspluatatsiyaning yangi progressiv usullarini joriy etilishini ta'minlaydi.
Materiallar, asboblar, ehtiyot qismlar va jihozlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnomalarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.
Kadrlar almashinuvini nazorat qiladi.
O‘zining texnik va iqtisodiy bilimlarini muntazam ravishda oshiradi.
Bo‘limda mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlaydi.
Ishlab chiqarish ishlarini xavfsiz tashkil etilishini, asbob-uskunalar, mexanizmlarning ishlashini va ish joylarini talab qilinadigan holatda saqlashni ta’minlaydi.
Lavozim bilan bog‘liq mehnatni muhofaza qilishning funksional vazifalarini bajaradi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amaldagi qoidalarga javob beradi.
Ishchilarning sog‘lig‘i va hayotiga tahdid bo‘lgan hollarda ishning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, texnik direktorga bu haqda xabardor qiladi.
Ish joyini sanitariya-gigiena talablariga javob beradigan sharoit tashkillashtirishga mas’ul hisoblanadi.
Baxtsiz hodisalar yoki favqulodda vaziyatlarda u jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishi shart.
Talablar:
Oliy ma’lumotli;
Rus tilini bilishi;
Soha boʻyicha kamida ish staji 5 yil;
Kompyuter savodxonligi (Microsoft office);
Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
Jinsi: Erkak;
Yoshi: 50 yoshgacha;
Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Issiq ovqat va maxsus kiyim;
Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
Ish haqi: Suhbat natijasiga koʻra;
Ish joyi: “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK, Andijon shahri, Industrial koʻchasi, 4-uy.