Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Koram Ko” MChJga "farrosh" lavozimiga (21.11.2025y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalari:
Zavod hududini muntazam supurish, yig‘ishtirish, tozalash.
Chiqindilarni belgilangan joyga yig‘ish va chiqarib tashlash.
Yo‘laklar, piyodalar yo‘laklari, ombor atrofi, sexlar oldi va umumiy maydonlarni toza saqlash.
Qishda qor tozalash, muzdan tozalash, qum/ tuz sepish.
Atrofdagi yashil maydonlarni tartibga keltirish (kerak bo‘lsa).
Chiqindi qutilarini vaqtida bo‘shatish.
Tozalash inventarlarining butligini nazorat qilish va saqlash.
Xavfli chiqindilar bo‘lsa, tegishli tartibda olib chiqish (zavod turiga qarab).
Talablar :
Ma’lumot darajasi: o‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumot;
Maxsus kasbiy tayyorgarlik talab etilmaydi (korxona ichki o‘quvi kifoya);
Xududni tozalash va sanitariya qoidalarini bilishi;
Tozalash inventarlari va uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasi;
Chiqindilarni saralash va belgilangan joyga chiqarish tartibini bilish;
Ishlab chiqarish hududida xavfsizlik qoidalari (OTXT, YOXBT) bilan tanish bo‘lish;
Jinsi: Ayol
Yoshi: 25 yoshdan 40 yoshgacha;
Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushinishi va ma’lumotlarni sir saqlashi.
Mehnat sharoitlari :
Ijtimoiy paket;
Issiq ovqat;
Yo‘l kira puli;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
Ish haqi: shartnoma asosida;
Ish vaqti: shartnoma asosida;
Ish joyi: Andijon shaxri, Yangi aylanma ko‘chasi, 1 uy.