Ish maʼlumotlari

Feldsher - "Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK

Yuborilgan sana: Aug 13, 2026

Ish izohi

Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK ga

feldsher lavozimiga ishga taklif etamiz

Vazifalari:

  • Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish;
  • Oʻtkir kasalliklarda, shikastlanganda va kasbiy zaharlanishda birinchi tibbiy yordamni koʻrsatishni tashkil qilish;
  • Bemorlar va xodimlarni ish vaqtida shikastlanganlarini shoshilinch ravishda shifoxonaga olib borishni tashli qilish;
  • Ishchi xodimlarni sogʻlomlashtirish boʻyicha sanitar-gigiyenik va sogʻlomlashtirish profilaktik tadbirlarini oʻtkazish va birinchi tibbiy yordam boʻyicha oʻqitish treninglar oʻtish;
  • Tayyorlangan ovqatlarni har kungi organoleptik tekshiruviga jurnalga ovqatni tekshirganlik haqida yozib tarqatishga ruxsat berish;
  • Kasallanishni va ishlab chiqarishdagi travmatizmni kamaytirishni tashkil qilish;
  • Korxonada sanitar-tozalov ishlarini, ishchilarni oʻziga va bir-biriga yordam koʻrsatishni oʻrgatishni tashkil qilish;
  • Korxona xodimlarini har yillik tibbiy koʻrikdan oʻtishini tashkil qilish;
  • Haydovchilarni liniyaga chiqishdan avval tibbiy koʻrikdan oʻtishini tashkil qilish (liniyaga chiqish uchun sogʻligi yaroqliligini tibbiy tekshirish);
  • Travma, baxtsiz hodisa haqida va sogʻlikka zarar keltiruvchi holatlarda belgilangan tartibda mehnat muhofazasi boʻyicha mas’ullarga xabar berish;
  • Yuqumli kasalliklar xodimlar ichida aniqlansa, ishlab chiqarishdan va ovqatdan zaharlanganda oʻz vaqtida Davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi markaziga xabar berish;
  • Feldsherni ish rejasini oʻz vaqtida va doimiy muntazam tuzish, mehnat sharoitini yaxshilash, ishchi xodimlarni sogʻlomlashtirish, kasallanishini va ishlab chiqarish travmatizmini kamaytirish va ularni bajarilishini ta’minlash;
  • Kasallanishni 16 shakl boʻyicha chorak, olti oylik va yillik hisobotlarni tuzish, korxonaning ishchi xodimlarini mehnatga layoqatini yoʻqotganligi haqida Davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi markaziga xabar berish;
  • Tibbiy punktda va tarkibiy tuzilmalardagi birinchi tibbiy yordam aptechkalarini dori-darmon, tibbiy uskuna, jihozlar, bogʻlash materiallari bilan ta’minlashni tashkil etish va nazorat qilish;
  • Feldsherga olingan, olinayotgan jihozlarni, inventarlarni, tibbiy asbob-uskunalarni, apparatlarni, dori-darmonlarni, bogʻlov materiallarini hisobga olishni tashkil qilish;
  • Korxona ishchi xodimlarini ambulator kartalarini yuritish va nazorat qilish;
  • Tizimli ravishda malakasini oshirish, bilimini oshirish ustida ishlash;
  • Ishchi xodimlar sogʻligi va hayotiga xavf soladigan holatlarni oldini olish uchun chora tadbirlar qilish;
  • Birinchi yordamdan tashqari holatlarda, ishchi xodimlarni shaxsiy dori vositalarini va igna orqali yuboruvchi dori vositalaridan: har xil turdagi antibiotik va tomchi yoʻli bilan quyiladigan vositalaridan foydalanmaslikka rioya qilish;
  • Korxona sirlarini tarqatmaslik va tarqalishini oldini olish;
  • Professional axloqqa qatʼiy rioya qilish, ziddiyatli vaziyatlarni chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, ishchi xodim va rahbar xodimlar bilan samimiy munosabatda boʻlish, qoʻpol muomala qilmaslik, hushmuomala, mehnatsevar boʻlishi, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va aniq bajarishi jamoa bilan birgalikda ishlay olishligi kerak. Ish vaqtida aniqlangan kamchiliklar muammolarni bartaraf etish uchun oʻz vaqtida chora-tadbirlar qilish; (bevosita boshligʻiga eskalatsiya qilish)
  • Lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida  belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.

 

Talablari:

  • Oʻrta-maxsus tibbiyot texnikumi (kollej)ni bitirgan;
  • Tibbiy sohada kamida 1 yil ishlagan (feldsher, umumiy davolash);
  • Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 25 yoshdan 40 yoshgacha;
  • Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartib qoidalarga amal qilish.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Issiq ovqat va maxsus kiyim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan taminlash;
  • Ish haqi: Shtat jadvaliga asosan;
  • Ish joyi: Andijon shahri Industrial koʻchasi 4-uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
    Тажрибали профессионал
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta maxsus
  • gacha qoʻllash
    Aug 20, 2026

Google Xarita

г. Андижан, Индустриальная 4