Ish maʼlumotlari

Import materiallari boʻyicha mutaxassis - "Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK

Yuborilgan sana: Jun 23, 2026

Ish izohi

Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ qoʻshma korxonasiga Import materiallari boʻyicha mutaxassis lavozimiga ishga taklif etamiz

 

     Vazifalari:

  • Korxonani ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xom-ashyolar bilan uzluksiz ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
  • Taklif etilayotgan xom-ashyolarning sifati, narxi, yetkazib berish muddati, qulay yetkazib berish shartlariga e’tibor qaratgan holda yetkazib beruvchilarni qidiradi va muzokaralar olib borish;
  • Yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni rivojlantirish, ularning ishlab chiqarish va moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qilish, xom-ashyolarni yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri uzoq muddatli iqtisodiy aloqalarni oʻrnatish imkoniyati va maqsadga muvofiqligini oʻrganish;
  • Shartnomadan oldingi hujjatlarni tayyorlash va tuzatish;
  • Buyurtmalarni joylashtirish va yetkazib berish shartlari va shartlarini kelishish uchun yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish;
  • Yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tayyorlash va kelishish;
  • Shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq yetkazib beruvchilar va sotuvchilardan xom-ashyolarni yetkazib berishni taʻminlash;
  • Xom-ashyolarni miqdori va toʻliqligi boʻyicha qabul qilish, sifatni aniqlash, zarur qabul hujjatlarini tayyorlash, saqlash joylariga yoki korxonaning ishlab chiqarish boʻlinmalariga ichki harakatlanish qayta ishlashni hisobini yuritishni tashkil qilish;
  • Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda yetkazib beruvchilarga da’volar tayyorlaydi, ushbu da’volar boʻyicha hisob-kitoblarni tayyorlashni nazorat qiladi va tuzilgan shartnomalar shartlariga oʻzgartirishlar kiritishni yetkazib beruvchilar bilan muvofiqlashtirish;
  • Yangi yetkazib beruvchilarni topish va yetkazib beruvchilar bilan ishlash sxemalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yetkazib beruvchilar tomonidan majburiyatlarni bajarish sifati boʻyicha mavjud shartnomalar shartlarini vaqti-vaqti bilan baholash;
  • Korxonada xom-ashyolar zahiralarining holati, ishlab chiqarish zahiralarini operativ tartibga solish, korxona boʻlinmalarida moddiy resurslar bilan ta’minlash limitlariga rioya etilishi va ularning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etish;
  • Qimmatbaho xom-ashyolarni narx va sotib olish imkoniyatlari boʻyicha arzonroq, lekin ayni paytda sifat talablariga aniq javob beradiganlarga almashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • Dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirish, tahlil qilish;
  • Xom-ashyolarga boʻlgan ehtiyojni, xaridlar manbalarini, xarid xarajatlarini va boshqalarni aniqlash uchun zarur boʻlgan tezkor ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan xaridlar ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va yuritishni muvofiqlashtirish;
  • Korxona sirlarini tarqatmaslik va tarqalishini oldini olish;
  • Professional axloqqa qatʼiy rioya qilish, ziddiyatli vaziyatlarni chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, ishchi xodim va rahbar xodimlar bilan samimiy munosabatda boʻlish, qoʻpol muomala qilmaslik, hushmuomala, mehnatsevar boʻlishi, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va aniq bajarishi jamoa bilan birgalikda ishlay olishligi kerak. Uning nazoratida aniqlangan kamchiliklar muammolarni bartaraf etish uchun oʻz vaqtida chora-tadbirlar qilish; (bevosita boshligʻiga eskalatsiya qilish)
  • Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish va lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida  belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.

 

Talablar:

  • Oliy ma’lumotga ega;
  • Ingliz tilini bilishi kerak;
  • Rus va koreys tillarini bilishi ma’qullanadi;
  • Tizim korxonalarida ishlagan boʻlsa ma’qullanadi;
  • Kompyuter dasturlaridan foydalana olish koʻnikmalari (A’lo darajada boʻlishi kerak, 1C dasturida ishlay olishi kerak);
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 24 yoshdan 40 yoshgacha;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.

 

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Issiq ovqat va maxsus uniforma;
  • Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan taminlash;
  • Ish haqi: Tarif setkasiga asosan;
  • Ish joyi: “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK, Andijon shahri, Industrial koʻchasi, 4-uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Kunduzgi
  • Martaba darajasi
    Тажрибали профессионал
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Jun 30, 2026

Google Xarita

г. Андижан, Индустриальная 4
Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy