Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Koram Ko” MChJga “iqtisodchi” lavozimiga (14.10.2025y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Korxonada bo‘lim va tsexlar tomonidan sarflanadigan barcha xarajatlarni tahlil qilish va optimallashtirish bo‘yicha ish olib borish;
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini amaldagi xarajatlar bilan shakllantirish va tahlil qilib borish;
Yangi mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarga kalkulyatsiyalar tayyorlash;
1C tizimidan olingan xarajatlarni biznes reja ko‘rsatkichlariga nisbatan bajarilishini tahlil qilib borish hamda oshib ketayotgan xarajatlar bo‘yicha rahbariyatga ma’lumot tayyorlash;
Kelgusi yil uchun tayyorlanadigan biznes reja uchun bo‘limlar tomonidan olingan ma’lumotlar asosida byudjet tayyorlash;
Bo‘lim va tsexlardagi ortiqcha ish soatlarini tahlil qilish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Talablar:
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
Kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
1C buxgalteriya dasturini bilishi;
Moliya va buxgalteriyaga oid milliy standartlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
Rus va ingliz tillarida ravon so‘zlasha olishi;
Kompyuter savodxonligi (Microsoft Office);
Jinsi: erkak;
Yoshi: 22 yoshdan 45 yoshgacha;
Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi va ma’lumotlarni sir saqlay olishi.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Issiq ovqat;
Yo‘l kira to‘lovi;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
Ish haqi: shartnoma asosida;
Ish joyi: Andijon shahri, Yangi aylama ko‘chasi, 1-uy.