Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan“Uz Dong Yang Kompani” MCHJ qoʻshma korxonasiga Iqtisodchi lavozimigaishga taklif etamiz
Vazifalari:
Boʻlimga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi boʻyicha ishlarni tashkil etilishini ta’minlash, nazorat qilish;
Korxona biznes-rejasini ishlab chiqish tartibini bilish va nazorat qilish;
Korxonaning rejalashtirilgan haqiqiy harajatlarini va rentabillik darajasini tahlil qilish;
Korxonalar mahsulotlarining narxlarini nazorat qilish va tahlil qilish;
Statistik hisobotlarini taqdim etish va nazorat qilish;
Yuqori turuvchi organlar bilan yozishmalar olib borish;
Mahsulot narxini hisoblash (kalkulyatsiya);
Lavozim yoriqnomasi bilan bogʻliq funksional vazifalarni bajarish, faoliyatiga oid hujjatlarni bilish;
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha amaldagi me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;
Ratsionalizatorlik taklifining iqtisodiy samarasini hisoblashni tahlil qilish;
Iste’molchining tasdiqlangan ishlab chiqarish rejasini, korxona ishlab chiqarishini rejalashtirishni va iqtisodiyotini, ishlab chiqarish tannarxini rejalashtirish boʻyicha me’yoriy va boshqa koʻrsatmalarni hamda ishlab chiqarish quvvatini bilish bilish;
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asoslarini, yuqori turuvchi organlar va korxona rahbariyatining qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini bilish;
Xom ashyo va materiallar, shuningdek ishlab chiqarish mahsulotlari nomenklaturasini bilish;
Korxona sirlarini tarqatmaslik va tarqalishini oldini olish;
Professional axloqqa qatʼiy rioya qilish, ziddiyatli vaziyatlarni chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, ishchi xodim va rahbar xodimlar bilan samimiy munosabatda boʻlish, qoʻpol muomala qilmaslik, hushmuomala, mehnatsevar boʻlishi, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va aniq bajarishi jamoa bilan birgalikda ishlay olishligi kerak. Uning nazoratida aniqlangan kamchiliklar muammolarni bartaraf etish uchun oʻz vaqtida chora-tadbirlar qilish; (bevosita boshligʻiga eskalatsiya qilish)
Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish va lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.
Talablar:
Oliy ma’lumotga ega (soha boʻyicha iqtisod, moliya, buxgalteriya oʻqigan);
Rus tilini bilishi ma’qullanadi;
Sohada kamida 1 yillik stajga ega boʻlishi kerak;
Soha boʻyicha sertifikatlari boʻlsa ma’qullanadi;
Microsoft office dasturidan foydalana olish koʻnikmasiga ega;
Jinsi: Erkak;
Yoshi: 30 yoshgacha;
Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Issiq ovqat va maxsus uniforma;
Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
Ish haqi: Tarif setkasiga asosan;
Ish joyi: “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK, Andijon shahri, Industrial koʻchasi, 4-uy.
Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ qoʻshma korxonasiga Iqtisodchi lavozimiga ishga taklif etamiz
&n...