"Uz-Koram Kompani" MChJ QK (Andijon sh) "Iqtisodchi" lavozimiga zaxira shakllantirish maqsadida tanlovga taklif qilamiz.
1. Ma’lumoti:
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi, menejment yoki boshqa tegishli yo‘nalishlarda oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.
2. Ish tajribasi:
- Iqtisodiyot, moliya, rejalashtirish yoki tahlil yo‘nalishlarida kamida 3–6 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Rahbarlik lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq;
- Ishlab chiqarish korxonalarida iqtisodiy rejalashtirish, tannarx hisoblash va moliyaviy tahlil bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi afzal.
3. Kasbiy bilim va ko‘nikmalar:
- Korxonaning iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini rejalashtirish;
- Qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy rejalar hamda prognozlarni ishlab chiqish;
- Mahsulot tannarxini hisoblash va tahlil qilish;
- Ishlab chiqarish xarajatlari, umumxo‘jalik va boshqa xarajatlarni tahlil qilish;
- Byudjetlashtirish va byudjet ijrosini nazorat qilish;
- Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;
- Xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Biznes-reja, smeta va iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlash;
- Ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlillar o‘tkazish;
- Rahbariyat uchun iqtisodiy tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni tayyorlash.
4. Kompyuter dasturlarini bilishi:
- MS Excel dasturini yuqori darajada bilishi, jumladan formulalar, Pivot Table, Power Query va iqtisodiy tahlil vositalaridan foydalana olishi;
- 1C dasturida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- MS Word va PowerPoint dasturlarini yaxshi bilishi;
- ERP, BI yoki boshqa korporativ axborot tizimlarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi afzal.
5. Shaxsiy va rahbarlik ko‘nikmalari:
- Analitik va tizimli fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- Jamoani boshqarish va vazifalarni samarali taqsimlay olishi;
- Mas’uliyatli, tashabbuskor va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
- Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va asoslangan qarorlar qabul qila olishi;
- Boshqa bo‘limlar bilan samarali hamkorlik qila olishi.
6. Til bilish:
- O‘zbek va rus tillarida erkin ish yurita olishi;
- Ingliz tilini bilishi afzal hisoblanadi.