Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz-Koram Kompani” MChJ QKga “Iqtisodchi” lavozimiga (29.01.2026y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Korxonada bo‘lim va sexlar tomonidan sarflanadigan barcha xarajatlarni tahlil va optimallashtirish bo‘yicha ish olib borish;
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini amaldagi xarajatlar bilan shakllantirish va tahlil qilib borish;
Yangi mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarga kalkulyatsiyalar tayyorlash;
1C tizimidan olingan xarajatlarni Biznes reja ko‘rsatkichlariga nisbatan bajarilishini tahlil qilib borish hamda oshib ketayotgan xarajatlar bo‘yicha rahbariyatga ma’lumot tayyorlash;
Kelgusi yil uchun tayyorlanadigan Biznes reja uchun bo‘limlar tomonidan olingan ma’lumotlar asosida budjet tayyorlash;
Bo‘lim va sexlardagi ortiqcha ish soatlarini tahlil va optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Talablar:
Oliy ma’lumotga egaligi;
Kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
1C buxgalteriya dasturini bilishi;
Moliya va buxgalteriyaga oid milliy standartlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
Rus va ingliz tillarida ravon so‘zlasha olishi;
Kompyuter savodxonligi (Microsoft Office);
Jinsi: erkak;
Yoshi: 20 yoshdan 45 yoshgacha;
Korxona siyosati, prinsiplari va strategiyalarini tushunishi hamda ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Issiq ovqat;
Yo‘l kira;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
Ish haqi: shartnoma asosida;
Ish vaqti: shartnoma asosida;
Ish joyi: Andijon shahri, Yangi aylanma ko‘chasi, 1-uy.