UzAutoJobs
Asosiy Bo‘sh ish o‘rinlari Iqtisodchi lavozimi

Iqtisodchi lavozimi

"Auto Spring Components" MChJ · Andijon tumani, Andijon viloyati

Шартнома Kunduzgi Kelishilgan
Yo‘nalish
Creative Design
Lavozim darajasi
Тажрибали профессионал
Tajriba
3 yildan ko'p
Ma’lumot
Bakalavr
Jinsi
Erkak
O‘rinlar soni
1
Ariza muddati
15.12.2026
E’lon sanasi
11.11.2026

Lavozim tavsifi

Andijon viloyati, Andijon tumanida joylashgan “Auto Spring Components”MCHJga Iqtisodchi lavozimiga tanlov asosida ishga taklif qilamiz.

Таlаblаr:

  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi, menejment yoki tegishli yo‘nalish).
  • Iqtisodiy tahlil, rejalashtirish va moliyaviy hisob-kitoblar bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi.
  • Korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
  • Mahsulot tannarxi, ishlab chiqarish xarajatlari, mehnat unumdorligi va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblashni bilishi.
  • Reja va hisobotlarni tuzish, iqtisodiy ma’lumotlarni umumlashtirish hamda tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
  • Microsoft Excel, Word va boshqa zarur ofis dasturlaridan foydalanishni bilishi.
  • Iqtisodiy hujjatlar, jadvallar, hisob-kitoblar va hisobotlarni tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
  • O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy faoliyatga oid qonunchiligi va korxonada amal qiluvchi ichki tartib-qoidalar bo‘yicha umumiy bilimlarga ega bo‘lishi.
  • Ma’lumotlar bilan ishlashda aniqlik, mas’uliyat va maxfiylik talablariga rioya qilishi.

Аsosiy vazifalari:

  • Korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatiga oid ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish.
  • Ishlab chiqarish rejalari, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etish.
  • Mahsulot tannarxi, ishlab chiqarish xarajatlari va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash hamda tahlil qilish.
  • Xomashyo, materiallar, mehnat resurslari va boshqa xarajatlardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  • Reja va amaldagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash va ularning sabablarini tahlil qilish.
  • Ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi va xarajatlar bo‘yicha iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish.
  • Korxonaning iqtisodiy faoliyatiga oid ma’lumotlar asosida tahliliy jadvallar, ma’lumotnomalar va hisobotlar tayyorlash.
  • Tegishli bo‘limlar bilan hamkorlikda iqtisodiy ma’lumotlarni shakllantirish va aniqlashtirish.
  • Korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.
  • Bevosita rahbar tomonidan lavozim vakolati doirasida berilgan boshqa topshiriqlarni bajarish.
Mehnat sharoitlari :
  • Ijtimoiy paket;
  • Uniforma;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʻminlash;
  • Ish haqi: shartnoma asosida;
  • Ish joyi : Andijon tumani, Teraktagi MFY.

Shunga o‘xshash e’lonlar