Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QKga “ish haqi hisobchisi” lavozimiga (06.05.2026y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Korxona ishchi xodimlarini 1 C dasturida yarim oylik va bir oylik ish soatlarini tabel hisobi boʻyicha mutaxassis bilan bogʻlangan holda ish haqi summalarini hisoblab toʻlovlarni amalga oshirish va nazorat qilish;
Korxona ishchi xodimlarini hisoblangan soliq toʻlovlarini, majburiy toʻlovlarini hamda hisoblangan summalarini oʻz vaqtida ushlash va toʻlovlarini amalga oshirish;
Biriktirilgan bank xodimlari bilan ish haqi va toʻlovlarga oid jarayonlarni oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida uzviy aloqa oʻrnatish;
Korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash zarurligiga asoslanib, buxgalteriya hisobi va siyosatining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini shakllantirish va bajarilishida ishtirok etish;
Korxona boʻlimlarining xodimlariga buxgalteriya hisobi va soliq hisobi, nazorat, hisobot va iqtisodiy tahlil boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatish;
Korxonaga oid buyruqlarni oʻz vaqtida 1C dasturiga kiritish;
Korxona ichki mehnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish;
Lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.
Talablari:
Oliy (moliya yoki iqtisodiyot) ma’lumotli moliyaviy-xoʻjalik sohasida 2 yildan yuqori ish tajribasiga ega boʻlishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi qonunchiligini bilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini bilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksidan xabardor boʻlishi;
Til koʻnikmalari: rus-oʻzbek tillarida ravon, ham ogʻzaki, ham yozma biladigan;
Kompyuter dasturlaridan foydalana olish koʻnikmalari (A’lo darajada boʻlishi kerak, 1C dasturini mukammal bilishi kerak);
Yoshi: 45 yoshgacha;
Boshqa vazifalar va talablar lavozim yoʻriqnomasida koʻrsatib oʻtiladi.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;