Ish maʼlumotlari

Ishchi (30.10.2025y.) - AJ "Uz-Saemyung Ko." QK

Yuborilgan sana: Oct 30, 2025

Ish izohi

Xorazm viloyati, Tuproqqalʼa tumani, Pitnak shahrida joylashgan AJ “Uz-SaeMyung Ko.” QKga Xorazm filialiga “ishchi” lavozimiga (30.10.2025y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.

Vazifalari:

  • Korxonaning ishlab chiqarish xolatlarida kelib chiqqan xolda tuzilgan ish grafigiga muvofiq smenaning belgilangan ish boshlanish vaqti va ish yakuniga qadar (tanaffus, obed va rejalashtirilgan marosimlar bundan mustasno) o‘z ish joyida bo‘lishi;
  • Master (brigadir) tomonidan takdim qilgan ishlab chiqarish rejasini bajarish;
  • Ishlab chiqarishni uzliksiz yurishini ta’minlash, ish mobaynida mavjud bo‘lgan muammo va to‘xtalishlar to‘g‘risida master (brigadir)ga zudlik bilan xabar berish va to‘xtalishlarini bartaraf etish uchun kerakli choralarni ko‘rish;
  • Ishlab chiqarishda nomuvofiq maxsulotlarni ajratish, belgilash va aloxida joyga olib borish (izolyatsiya) qoidalariga rioya qilish. Nomuvofiq maxsulot qabul qilma, nomuvofiq maxsulot yaratma, keyingi uchastkaga nomuvofiq maxsulot o‘tkazma shiori ostida ish olib borish;
  • Ish joylarida vizual standartlarni bilish va amal qilish (vizual belgilar va jarayonlardagi shartli belgilar ko‘rib tezroq anglashga yordam beradi);
  • Vaziyatni kritik baxolay olishi;
  • Ishlab chiqarish jarayonlarida standartlashtirilgan FIFO talablariga amal qilish;
  • Korxonani ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnat muxofazasi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi, va ishlab chiqarish sanitariya qoidalariga amal qilish;
  • O‘quv treyninglarda qatnashish, shunigdek, malaka va bilim darajasini oshirish uchun doimo xarakat qilish kerak;

Talablar:

  • Ma'lumoti: oʻrta-mahsus, oʻrta;
  • Yashash manzili: Hazorasp va Tuproqqal'a tumanlaridan boʻlishligi shart;
  • Chet tillarini bilishi: talab etilmaydi;
  • Kompyuter dasturlaridan foydalana olish koʻnikmalari (Word, Excel va Power Point va h.k);
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 20 yoshdan 35 yoshgacha;
  • Ish staji: 1 yildan kam boʻlmagan;

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Maxsus uniforma, issiq ovqat;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan ta'minlash;
  • Ish haqi: shartnoma asosida;


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Tuproqala tumani, Xorazm viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta
  • gacha qoʻllash
    Nov 03, 2025

Google Xarita

Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy