Farg'ona viloyati, Farg'ona shahrida joylashgan MChJ “Uzsungwoo” QKga “Komplektlovchi detallarni saralovchi” lavozimiga (27.03.2026y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Komplektlovchi detallarni turiga, o‘lchamiga va sifatiga qarab saralash;
Nuqsonli yoki standartga javob bermaydigan detallarni aniqlash;
Saralangan mahsulotlarni belgilangan tartibda joylashtirish va hisobga olish;
Ish joyida tozalik va tartibni saqlash;
Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
Talablar:
Kamida o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish;
Ishlab chiqarish yoki omborxona sohasida tajriba bo‘lsa afzal;
Oddiy o‘lchov asboblari bilan ishlay olish;
Jismoniy jihatdan sog‘lom va bardoshli bo‘lish;
Diqqatlilik va mayda detallarga e’tibor;
Mas’uliyatlilik va intizomlilik;
Halollik;
Tez o‘rganish qobiliyati;
Jamoada ishlay olish;
Stressga chidamlilik;
Ish sharoitlari:
Rasmiy ishga joylashish;
Ish vaqti: to‘liq stavka (zaruratga qarab smenali ish);
Barqaror ish haqi;
Mehnat qonunchiligiga muvofiq ijtimoiy kafolatlar.