Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QKga “Kompyuter tizimlari boʻyicha texnik” lavozimiga (06.05.2026y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Lokal va global tarmoqlarni doimiy ishlashini taʼminlash va muammolarni bartaraf etish.
Korxonadagi mavjud kompyuterlarga dasturlar oʻrnatish.
Dasturiy vositalar va joriy etilgan dasturlarni ishchi xolatda saqlab turish.
Korxonadagi serverlar, kompyuterlar va ogr.texnika jihozlarini toʻgʻri va uzluksiz ishlashini taʼminlash.
Kompyuterlar va boshqa alohida uskunalarni ishchi holatga tayyorgarligini tashkil qilish, ularni texnik koʻrikdan oʻtkazish, yaroqsiz yoki buzilgan qismlari mavjudligini aniqlash, agar mavjud boʻlsa ularni bartaraf etish va kelajakda nomuvofiqliklarning oldini olish.
Kompyuter, printerlarni va boshqa alohida uskunalarni taʼmirlashni oʻz vaqtida va sifatli bajarish.
Korxonaning kompyuterlar tizimidan foydalanuvchilarni nazorat qilishni taʼminlash, shuningdek ular tomonidan kompyuter texnikasidan foydalanish qoidalari va yoʻriqnomalariga rioya qilinishini nazorat qilish.
Korxonadagi mavjud korporativ elektron pochta (E-mail), shuningdek elektron hujjat almashish tizimlari ishlashini taʼminlash. Kerak boʻlganda yangi pochta va yuzerlar ochib berish.
Dasturiy taʼminotdan foydalanish boʻyicha korxona ishchi xodimlariga maslahatlar berib borish.
Korxonaga kerakli texnik jihozlarni xarid qilish yoki taʼmirlash buyicha oʻz vaqtida maʼlumotlar berib borish.
Korxona sirlarini tarqatmaslik va tarqalishini oldini olish.
Professional axloqqa qatʼiy rioya qilish, ziddiyatli vaziyatlarni chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, ishchi xodim va rahbar xodimlar bilan samimiy munosabatda boʻlish, qoʻpol muomala qilmaslik, hushmuomala, mehnatsevar boʻlishi, jamoa bilan birgalikda ishlay olishligi kerak.
Talablar:
Oʻrta-maxsus yoki oliy (axborot texnologiya, IT yoʻnalishda) ma’lumotga ega;
Soha boʻyicha kamida ish staji 1 yil;
Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
Jinsi: Erkak;
Yoshi: 40 yoshgacha;
Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Issiq ovqat va maxsus kiyim;
Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
Ish haqi: Shtatlar jadvaliga asosan;
Ish joyi: “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK, Andijon shahri, Industrial koʻchasi, 4-uy.