Ish maʼlumotlari

Koreys tili tarjimoni - "Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK

Yuborilgan sana: Aug 26, 2026

Ish izohi

Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” QK MCHJga koreys tili tarjimoni lavozimiga ishga taklif qilamiz

Vazifalari:

  • Koreyalik mutaxassislarning korxonadagi ish faoliyatiga oid koreys tili boʻyicha tarjimonlik qilish;
  • Koreyalik mutaxassislarga har bir korxonaga oid hujjatlarni, ichki faoliyatini, ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlarni, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishdagi hujjatlarni xatosiz aniq tarjima qilish orqali amalga oshiradi;
  • Rejalashtirilgan moliyaviy operasiyalarni tekshirib xatosiz aniq tarjima qilish;
  • Koreyalik mutaxassislarni korxonada kunlik ishlab chiqarishga oid muammolar haqida zudlik bilan xabardor qilish;
  • Koreyalik mutaxassislarga hujjatlarning tarjimalari ogʻzaki va yozma koʻrinishda taqdim etish;
  • Mehnat qonunchiligi, korxona ichki mehnat qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish;
  • Korxona sirlarini tarqatmaslik va tarqalishini oldini olish;
  • Professional axloqqa qatʼiy rioya qilish, ziddiyatli vaziyatlarni chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, ishchi xodim va rahbar xodimlar bilan samimiy munosabatda boʻlish, qoʻpol muomala qilmaslik, hushmuomala, mehnatsevar boʻlishi, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va aniq bajarishi jamoa bilan birgalikda ishlay olishligi kerak. Uning nazoratida aniqlangan kamchiliklar muammolarni bartaraf etish uchun oʻz vaqtida chora-tadbirlar qilish; (bevosita boshligʻiga eskalatsiya qilish)
  • Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish va lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida  belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.

Talablar:

  • Oliy ma’lumotli boʻlishi ma’qullanadi;
  • Rus tilini bilishi kerak, ingliz tilini bilishi ma’qullanadi;
  • Soha boʻyicha ish staji 1 yil;
  • Til bilish koʻnikmasi TOPIC 4-daraja;
  • Kompyuter savodxonligi (Microsoft office);
  • Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
  • Jinsi: Ahamiyatsiz;
  • Yoshi: 20-30;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.

      Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Issiq ovqat va maxsus kiyim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
  • Ish haqi: Suhbat natijasiga koʻra;
  • Ish joyi: “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK, Andijon shahri, Industrial koʻchasi, 4-uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Kunduzgi
  • Martaba darajasi
    Тажрибали профессионал
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Ahamiyatsiz
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Aug 29, 2026

Google Xarita

г. Андижан, Индустриальная 4