Ish maʼlumotlari

Logistika boʻyicha muhandis (Toshkent shahridagi korxonaning ma’muriy-tashkiliy ishlari boʻyicha) - "Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK

Yuborilgan sana: Jun 17, 2026

Ish izohi

Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ qoʻshma korxonasiga Logistika boʻyicha muhandis (Toshkent shahridagi korxonaning ma’muriy-tashkiliy ishlari boʻyicha) lavozimiga ishga taklif etamiz

Vazifalari:

  • Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish;
  • Toshkent aeroporti (Kargo terminali) dan aviayuklarni qabul qilib olish hujjatini tayyorlab korxonaga joʻnatish;
  • Toshkent-Chuqursoy ULS terminallaridan konteynerlarni temiryoʻldan olib, Xorazm va Andijonga joʻnatish;
  • Toshkentdagi temiryoʻl terminallaridan konsol yuklar (aralash yuklar)ni olib korxonaga joʻnatish;
  • Terminallar va aeroportdan shartnoma va boshqa hujjatlar bilan ishlash;
  • Bojxona organlari bilan ishlash va hujjatlarini rasmiylashtirish (hujjatlar bilan mukammal ishlash, onlayn rejimlarni bilish);
  • Xalqaro pochta joʻnatmalarini joʻnatish va qabul qilish;
  • Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladigan chet ellik mutaxassislarga oid hujjatlar bilan ishlash;
  • Hotellar bilan shartnomalar tuzish;
  • Chetdan kelgan mehmonlarga hamda korxonadan Toshkent shahriga borgan xodimlarga hoteldan joy band qilish;
  • Korxonaga kelayotgan mehmonlarni va korxonadan borgan xodimlarni kutib olish va kuzatish;
  • Ish jarayonida aniqlangan kamchiliklar muammolarni bartaraf etish uchun oʻz vaqtida chora-tadbirlar qilish; (bevosita boshligʻiga eskalatsiya qilish)
  • Korxona sirlarini tarqatmaslik va tarqalishini oldini olish;
  • Professional axloqqa qatʼiy rioya qilish, ziddiyatli vaziyatlarni chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, ishchi xodim va rahbar xodimlar bilan samimiy munosabatda boʻlish, qoʻpol muomala qilmaslik, hushmuomala, mehnatsevar boʻlishi, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va aniq bajarishi jamoa bilan birgalikda ishlay olish;
  • Lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida  belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.

Talablar:

  • Oliy ma’lumotga ega;
  • Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
  • Rus tilini bilishi ma’qullanadi;
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 25 yoshdan 40 yoshgacha;
  • Toshkent shahrida doimiy istiqomat qiluvchi nomzodlar ma’qullanadi;
  • Tizim korxonalarida ishlagan boʻlsa ma’qullanadi;
  • Logistika yoʻnalishida ish stajiga ega boʻlsa ma’qullanadi;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Kunlik bir mahal ovqat puli va maxsus uniforma;
  • Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan taminlash;
  • Ish haqi: Shtat jadvaliga asosan;
  • Ish joyi: Toshkent shahri.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Kunduzgi
  • Martaba darajasi
    Бошланғич даража
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Jun 24, 2026

Google Xarita

г. Андижан, Индустриальная 4
Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy