"Auto Rubber" MChJ · Andijon shahri, Andijon viloyati
ШартномаKunduzgi
Kelishilgan
Yo‘nalish
Customer Support
Lavozim darajasi
Тажрибали профессионал
Tajriba
Bir yildan ko'p
Ma’lumot
Bakalavr
Jinsi
Erkak
O‘rinlar soni
16
Ariza muddati
03.11.2026
E’lon sanasi
28.10.2026
Lavozim tavsifi
"AUTO RUBBER" MCHJ (Andijon sh) "Loyiha menejeri" lavozimiga zaxira shakllantirish maqsadida tanlovga taklif qilamiz.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Mehnat ta`tili;
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan ta`minlash;
Ish haqi: Belgilangan shtat jadvali asosida
Ish joyi: Andijon shahar, Boburshox ko`chasi 73A-uy.
Таlаblаr:
Ma’lumoti: Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
Ingliz tilini mukammal bilishi;
Xitoy tili ustunlik beradi;
Jinsi: Erkak;
Yoshi: 18 yoshdan 35 yoshgacha;
Аsosiy vazifalari:
Loyihalar doirasida belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.
Mahalliylashtirish loyihalari bo‘yicha mahalliy va xorijiy korxonalar bilan muzokaralar olib borish hamda kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish.
Yangi hamkorlar bilan kooperatsiya imkoniyatlarini baholash va rahbariyatga tegishli takliflar kiritish.
Yangi loyiha va mahalliylashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha bozorni, raqobatchilar faoliyatini va sanoatdagi rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasini oshirish va tannarxini kamaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.
Ish faoliyatida mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, ekologik talablar va korxonaning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish.