Ish maʼlumotlari

Marketing boʻyicha mutaxassis (broker) (30.12.2025y.) - "Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK

Yuborilgan sana: Dec 31, 2025

Ish izohi

Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QKga "Marketing boʻyicha mutaxassis (broker)" lavozimiga (30.12.2025y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.

Vazifalari:

  • Korxona hamda birja o‘rtasida vositachi sifatida faoliyat yuritish hamda xaridor nomidan bitimlarni amalga oshirish;
  • Birja orqali korxona sotayotgan hamda sotib olayotgan xom-ashyo va materiallarni hisobotini yuritish;
  • Korxona bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq uning topshirig‘i bilangina qimmatli qog‘ozlar bilan bitim va operatsiyalarni amalga oshirish, amalga oshirilgan bitim va operatsiyalar haqida hisobot berish;
  • Birja oldi-sotdi bitimlari tuzilishida korxona topshirigʻiga binoan va ularning nomidan vositachilik xizmatini amalga oshirish;
  • Birja oldi-sotdi savdolari orqali tegishli boʻlimlar talabiga koʻra xom-ashyo va materiallar sotib olish va hujjatlarni  rasmiylashtirish;
  • Ishlab chiqarish uchun zarur xom-ashyolar, korxona ehtiyoji uchun  har xil  turdagi qurilish  materiallari, asbob-uskunalari  va jihozlarini, xoʻjalik, santexnika, maishiy  texnika, kanselyariya mollarini sotib olish va hujjatlarini rasmiylashtirish;
  • Rahbariyatning belgilangan tartib boʻyicha qonunga muvofiq topshiriqlarini vakolati doirasida bajarish;
  • Korxona sirlarini tarqatmaslik va tarqalishini oldini olish;
  • Professional axloqqa qatʼiy rioya qilish, ziddiyatli vaziyatlarni chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, ishchi xodim va rahbar xodimlar bilan samimiy munosabatda boʻlish, qoʻpol muomala qilmaslik;
  • Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish.

Talablar:

  • Oliy malumotli;
  • Rus tilida muloqot qilish darajasida bilishi kerak;
  • Birjada oldi-sotdi faoliyatini yuritish boʻyicha beriladigan maxsus ruxsatnoma (guvohnoma, sertifikat) boʻlishi kerak;
  • Soha boʻyicha kamida 1 yil ishlaganligi ma’qullanadi;
  • Kompyuter savodxonligi (Microsoft Office), Birja oldi-sotdi platformalari bilan mustaqil ishlay olishi;
  • Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 45 yoshgacha;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Issiq ovqat va maxsus kiyim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan taminlash;
  • Ish haqi: Shtat jadvaliga asosan;
  • Ish joyi: “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK, Andijon shahri, Industrial koʻchasi, 4-uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Jan 05, 2026

Google Xarita

г. Андижан, Индустриальная 4
Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy