Ish maʼlumotlari

Muhandis-texnolog (07.04.2026y.) - "Uz-Koram Kompani" MChJ QK

Yuborilgan sana: Apr 08, 2026

Ish izohi

Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Koram Ko” MChJga “muhandis-texnolog” lavozimiga (07.04.2026y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:

  • Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, optimallashtirish va texnologik tartiblarni ishlab chiqish;
  • Texnologik hujjatlar (FC, PFMEA, CP, ish yo`riqnomalari, me’yoriy hujjatlar)ni tayyorlash va yangilash;
  • Ishlab chiqarish sexlarida qo‘llaniladigan uskunalar va texnologik jarayonlarni nazorat qilish;
  • Mahsulot sifatini ta’minlash uchun texnologik intizomga rioya etilishini nazorat qilish;
  • Xomashyo, material va yarim tayyor mahsulotlardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan texnologik takliflar ishlab chiqish;
  • ISO/BIQS standartlari va boshqa xalqaro me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq texnologik jarayonlarni moslashtirish;
  • Ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelayotgan sifat muammolari tub sabablarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • Texnologik jarayonlar bo‘yicha audit va sertifikatsiya talablariga tayyorlanish, hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Xodimlarni texnologik jarayonlar bo‘yicha o‘qitish va yo‘riqnomalar berish.

Talablar:

  • Oliy texnik ma’lumotga ega bo‘lish (muhandislik, texnologiya yoki ishlab chiqarish yo‘nalishida);
  • Ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik tartiblarni bilish;
  • Texnologik hujjatlar (FC, PFMEA, CP, ish yo`riqnomalari, me’yoriy hujjatlar)ni tuzish va rasmiylashtirish ko‘nikmasi;
  • ISO/BIQS hamda boshqa xalqaro standartlar bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlarini moslashtirish tajribasi;
  • Kompyuter dasturlari va texnik grafik vositalar (NX, AutoCad va boshqalar) bilan ishlash malakasi;
  • Sifat nazorati usullari (SPC, PFMEA, MSA va boshqalar)ni qo‘llash bo‘yicha bilim va amaliyot;
  • Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi qoidalarini bilish va ularga rioya qilish;
  • Jamoada ishlash, texnologik jarayonlarni tushuntirish va xodimlarni o‘qitish qobiliyati;
  • Kamida bitta xorijiy tilni (ingliz) texnik darajada bilish;
  • Mas’uliyat, aniqlik va tashabbuskorlikka ega bo‘lish;
  • Yoshi: 20 yoshdan 30 yoshgacha;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi va ma`lumotlarni sir saqlash.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Issiq ovqat;
  • Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
  • Ish haqi: shartnoma asosida;
  • Ish vaqti: shartnoma asosida;
  • Ish joyi: Аndijon shaxri, Yangi aylanma koʼchasi, 1 uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Apr 10, 2026

Google Xarita

Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy