UzAutoJobs
Asosiy Bo‘sh ish o‘rinlari Muhandis-texnolog lavozimi

Muhandis-texnolog lavozimi

"Auto Spring Components" MChJ · Andijon tumani, Andijon viloyati

Шартнома Kunduzgi Kelishilgan
Yo‘nalish
Architects & Construction
Lavozim darajasi
Тажрибали профессионал
Tajriba
3 yildan ko'p
Ma’lumot
Bakalavr
Jinsi
Erkak
O‘rinlar soni
1
Ariza muddati
15.12.2026
E’lon sanasi
11.11.2026

Lavozim tavsifi

Andijon viloyati, Andijon tumanida joylashgan “Auto Spring Components” MCHJga Muhandis-texnolog lavozimiga tanlov asosida ishga taklif qilamiz.

Таlаblаr:

  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (texnologiya, mashinasozlik, metallurgiya yoki tegishli muhandislik yo‘nalishi).
  • Ishlab chiqarish texnologiyasi, metallarga ishlov berish va texnologik jarayonlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘lishi.
  • Texnologik hujjatlar, texnologik xaritalar, ishlab chiqarish yo‘riqnomalari va chizmalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
  • Metall eritish, quyish, shakl berish, mexanik ishlov berish yoki boshqa tegishli ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi.
  • Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi texnologik omillarni aniqlash va tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi.
  • Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan texnologik muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
  • MS Office dasturlaridan, xususan, Microsoft Excel va Word dasturlaridan foydalanishni bilishi.
  • Texnik hujjatlarni yuritish, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va hisobot tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
  • Jamoada ishlash, mas’uliyatni his qilish va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish qobiliyatiga ega bo‘lishi.

Аsosiy vazifalari:

  • Ishlab chiqarish jarayonlari uchun texnologik hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish.
  • Mahsulot ishlab chiqarishda belgilangan texnologik rejimlar va jarayonlarga rioya etilishini nazorat qilish.
  • Ishlab chiqarish jarayonida aniqlangan texnologik kamchiliklarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish.
  • Mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va brak miqdorini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
  • Xomashyo va materiallardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  • Ishlab chiqarish bo‘limi, sifat nazorati bo‘limi, laboratoriya va boshqa tegishli bo‘limlar bilan hamkorlik qilish.
  • Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy etish va texnologik jarayonlarni o‘zlashtirishda ishtirok etish.
  • Texnologik hujjatlarning amaldagi standartlar va korxona talablariga muvofiqligini ta’minlash.
  • Ishlab chiqarish jarayonida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ekologik talablariga rioya etilishini ta’minlash.
  • Bevosita rahbar tomonidan lavozim vakolati doirasida berilgan boshqa topshiriqlarni bajarish.
Mehnat sharoitlari :
  • Ijtimoiy paket;
  • Uniforma;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʻminlash;
  • Ish haqi: shartnoma asosida;
  • Ish joyi : Andijon tumani, Teraktagi MFY.

Shunga o‘xshash e’lonlar