Ish maʼlumotlari

“Nazorat oʻtkazish punkti nazoratchisi” lavozimiga (Farg‘ona shahar, Beshbola MFY) muddatli mehnat shartnoma asosida tanlovga taklif qilamiz - "UzAuto Motors" AJ

Yuborilgan sana: Nov 10, 2025

Ish izohi

Farg’ona shahar, Beshbola MFYda joylashgan “UzAuto Motors” AJ ga qarashli omborlariga Nazorat oʻtkazish punkti nazoratchisi” lavozimiga (muddatli mehnat shartnoma asosida) tanlovga taklif qilamiz.

Vazifalar:

  • Hududga kirib chiqayotgan har bir tovar-moddiy boyliklarini taqdim etilgan hujjatiga mos ravishda qabul qilish va chiqarish;
  • Navbatchilik davomida huquqbuzarliklarni oldini olish va sodir etilgan taqdirda qoidabuzarliklar to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Hududga kirayotgan (chiqayotgan) tovar-moddiy boyliklarini hisobini yuritish;
  • Hududni va hududda saqlanayotgan tovar-moddiy boyliklarini qo‘riqlash;
  • Ruxsat etilmagan shaxslarni hududga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
  • Belgilangan jurnallarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish;
  • Navbatchilikni topshirish vaqtida umumiy vaziyatlar va tovar-moddiy boyliklari miqdori bo‘yicha bevosita rahbariga axborot berib borish;
  • Favqulotda holatlar (yong‘in, zilzila va boshqalar) sodir etilganida fuqarolarni va tovar-moddiy boyliklarini muhofaza qilishga doir harakatlarni amalga oshirish.

Talablar:

  • Ma’lumoti: O‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli;
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 22-45 yoshgacha;
  • Bo‘yi: 165 sm dan kam bo‘lmagan;
  • Excel dasturida oddiy jadvallar bilan ishlay olishi kerak;

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Mehnat taʼtil;
  • Maxsus uniforma;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
  • Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
  • Ish joyi: Farg’ona shahar, Beshbola MFYda joylashgan ‘‘UzAuto Motors’’ AJga tegishli tashqi omborlar.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Farg'ona shahri, Fargona viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta
  • gacha qoʻllash
    Nov 16, 2025

Google Xarita

Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy