“Nazorat oʻtkazish punkti nazoratchisi” lavozimiga (Navoiy viloyati, Karmana tumani) muddatli mehnat shartnoma asosida tanlovga taklif qilamiz - "UzAuto Motors" AJ
Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan “UzAuto Motors” AJ ga qarashli omborlariga “Nazorat oʻtkazish punkti nazoratchisi” lavozimiga (muddatli mehnat shartnoma asosida)gi tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalar:
Hududga kirib chiqayotgan har bir tovar-moddiy boyliklarini taqdim etilgan hujjatiga mos ravishda qabul qilish va chiqarish;
Navbatchilik davomida huquqbuzarliklarni oldini olish va sodir etilgan taqdirda qoidabuzarliklar to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirish;
Hududni va hududda saqlanayotgan tovar-moddiy boyliklarini qo‘riqlash;
Ruxsat etilmagan shaxslarni hududga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
Belgilangan jurnallarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish;
Navbatchilikni topshirish vaqtida umumiy vaziyatlar va tovar-moddiy boyliklari miqdori bo‘yicha bevosita rahbariga axborot berib borish;
Favqulotda holatlar (yong‘in, zilzila va boshqalar) sodir etilganida fuqarolarni va tovar-moddiy boyliklarini muhofaza qilishga doir harakatlarni amalga oshirish.
Talablar:
Ma’lumoti: O‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli;
Jinsi: Erkak;
Yoshi: 25-45 yoshgacha;
Bo‘yi: 165 sm dan kam bo‘lmagan;
Excel dasturida oddiy jadvallar bilan ishlay olishi kerak;
Mehnatsharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Mehnat taʼtil;
Maxsus uniforma;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
Ish joyi: Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan ‘‘UzAuto Motors’’ AJga tegishli tashqi omborlar.