Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani Pitnak shahridajoylashgan «O‘z Tong Hong Kompani» AJ QK Xorazm filialiga “Omborchi”lavozimiga tanlov asosida ishga taklif qilamiz
Vazifalari:
Xorazm filialida ta’minot bo‘limi omborchi vazifasini bajaradi, detallarni qabul qilish, berish, sanash, joylashtirish, yo‘qlama qilish, belgilangan joyga yetkazib berish bo‘yicha barcha ishlarni amalga oshiradi, o‘z vaqtida kirim-chiqimi hujjatlarini hujjatlashtirilishini ta’minlaydi;
Reja topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajaradi;
Mehnat va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy rioya qiladi;
Korxonaning ichki mehnat qoidalariga rioya qiladi.
Talablar:
O‘rta maxsus ma’lumotli;
Til ko‘nikmalari: o‘zbek va rus tillarida ravon ham og‘zaki ham yozma biladigan,
Kompyuter dasturlaridan foydalana olish ko‘nikmalari (1S,Word, Excel, PowerPoint va x.k. );
Jinsi: erkak;
Yoshi: 20 yoshdan 35 yoshgacha;
Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushinish kerak.
Mehnatsharoitlari :
Ijtimoiy paket;
Qo'shimcha mexnat ta’til;
Maxsus uniforma, issiq ovqat,bepul transport;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
Ish haqi: mehnat shartnomasi asosida;
Ish joyi: Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani, Pitnak shahri “Muhabbat” MFY.
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani Pitnak shahrida joylashgan «O‘z Tong Hong Kompani» AJ QK Xorazm filialiga “Ombor...