Ish maʼlumotlari

Omborchi (29.01.2026y.) - AJ "Uz-Saemyung Ko." QK

Yuborilgan sana: Jan 29, 2026

Ish izohi

Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan AJ “Uz-SaeMyung Ko.” QKga “Omborchi” lavozimiga (29.01.2026y.)(zaxira yaratish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.

   Vazifalari:

  • Jamiyatga kelayotgan butlovchi qismlarni hujjatlar (invoice, yuk xati) bo‘yicha miqdori va sifatini tekshirib qabul qilish;
  • Detallarni omborning maxsus manzillari bo‘yicha tartib bilan joylashtirish (masalan: metallar bir joyda, plastik qismlar boshqa joyda);
  • Sexlardan kelib tushadigan so‘rovnomalar asosida kerakli xomashyolarni o‘z vaqtida yetkazib berish;
  • Tayyor bo‘lgan ehtiyot qismlarni qadoqlash va mijozlarga jo‘natish uchun tayyorlash;
  • Ombor qoldiqlarini vaqti-vaqti bilan sanash va tizimdagi (masalan, 1C) qoldiq bilan solishtirish;
  • Kirim-chiqim yuk xatlarini rasmiylashtirish va hisobotlarni yuritish.

Talablar:

  • Ma’lumoti: oliy;
  • Jinsi: erkak;
  • Yashash manzili: Andijon shahri va unga yaqin hududlardan bo’lishi talab etiladi;
  • Yoshi: 30 yoshgacha;
  • ishlab chiqarish jarayoni hamda unga oid texnik bilimlarni о‘zlashtirganligi;
  • FIFO prinsipi: (First In, First Out) - Birinchi kelgan xomashyo birinchi bo‘lib ishlab chiqarishga chiqishi shart;
  • Markirovka: Har bir detalda maxsus shtrix-kod yoki artikul bo‘ladi. Ularni adashtirish butun boshli konveyer to‘xtashiga sabab bo‘lishi mumkin
  • "5S" tizimi (tartib-intizom standarti)
  • Microsoft Office dasturlarida (Exel, Word, PowerPoint) erkin foydalana olishi;
  • mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga doimiy amal qilish;
  • yong‘in xavfsizligi va elektr xavfsizligi qoidarini bilish.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Mahsus uniforma, issiq ovqat;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
  • Ish haqi: shartnoma asosida.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Feb 02, 2026

Google Xarita

Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy