Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan“Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK ga qoʻldaelektrogaz payvandlovchi lavozimiga ishga taklif etamiz
Vazifalari:
Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish;
Metall konstruksiyalarni, uskunalarni, maxsus arava va konveyerlarni elektrod va gaz yordamida payvandlash;
Metall birikmalarni to‘g‘ri va aniq o‘lchamlarda payvandlashni tashkil etish;
Chizmalar asosida payvandlab konstruksiyalarni birlashtirish va yig‘ish;
Ishlab chiqarish liniyasi uchun kerakli konstruksiyalarni sifatli payvandlab tayyorlash;
Lavozim yoʻriqnomasida belgilab qo‘yilgan rejani bajarish;
Ishlab chiqarish sexida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga amal qilishi;
Lavozim yoʻriqnomasida belgilab qo‘yilgan rejalarni bajarishda rahbar xodimlar tomonidan qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
Korxona sirlarini tarqatmaslik va tarqalishini oldini olish;
Professional axloqqa qatʼiy rioya qilish, ziddiyatli vaziyatlarni chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, ishchi xodim va rahbar xodimlar bilan samimiy munosabatda boʻlish, qoʻpol muomala qilmaslik, hushmuomala, mehnatsevar boʻlishi, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va aniq bajarishi jamoa bilan birgalikda ishlay olishligi kerak. Uning nazoratida aniqlangan kamchiliklar muammolarni bartaraf etish uchun oʻz vaqtida chora-tadbirlar qilish; (bevosita boshligʻiga eskalatsiya qilish)
Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish va lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.
Talablar:
O‘rta, o‘rta-maxsus;
Payvandlash bo‘yicha diplom yoki sertifikatga, o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish talab etiladi;
Elektro va gaz payvandlash apparatlarida ishlash malakasiga ega bo‘lishi (elektro va gaz payvandlash apparatlarida ishlay olish malakasi korxona xodimlari tomonidan sinovdan o‘tkaziladi;
Jismonan sog‘lom bo‘lish;
40 yoshgacha;
Ish staji kamida 1 yil.
Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartib qoidalarga amal qilish.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Issiq ovqat va maxsus uniforma;
Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
Ish haqi: Tarif setkasiga asosan;
Ish joyi: “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK, Andijon shahri, Industrial koʻchasi, 4-uy.
Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK ga qoʻlda elektrogaz payvandlovchi lavozimiga ishga taklif eta...