Ish maʼlumotlari

Qoʻriqchi (08.09.2026 y.) - "Kwangjin Autosystems" MChJ xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi O‘zbekiston-Koreya korxonasi

Yuborilgan sana: Sep 08, 2026

Ish izohi

“Kwangjin Autosystems” MCHJga “Qoʻriqchi” lavozimiga zaxira shakllantirish maqsadida tanlov eʼlon qilamiz.

Asosiy vazifalari:

  • Moddiy boyliklarni qo‘riqlash bo‘yicha buyruqlar, yo‘riqnomalar va tartibga soluvchi boshqa meʼyoriy hujjatlarga asosan qoʻriqlash ishlarini olib borishi;
  • Qo‘riqlanadigan obyektning qo‘riqlash tizimini va ishlash tartibini bilishi;
  • Qo‘riqlanayotgan jamiyatning tuzilishini, chegaralarini, bo‘limlari, bo‘linmalari, omborlari, ishlab chiqarish va ma’muriy binolarining joylashuvini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ishlash tartibini bilishi;
  • Tovar-moddiy boyliklarni olib kirish, olib chiqish va saqlash tartibini, ular bo‘yicha yuritiladigan hujjatlar turlarini va rasmiylashtirish tartibini bilishi;
  • Shaxsiy buyumlar, avtotransport vositalari va tovar-moddiy boyliklarni tekshirish, sanash, o‘lchash va miqdorini aniqlash usullarini bilishi;
  • Ichki tartib-qoida buzilgan taqdirda, sodir etgan shaxslarni ushlab turish va bunday holatlar yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini bilishi;
  • Ogohlantiruvchi, xabar beruvchi tashvishgohlar va boshqa xavfsizlik qurilmalaridan foydalanish tartibini bilishi;
  • Jamiyatga kirib chiqish, tovar-moddiy boyliklarni olib kirish, olib chiqish va saqlash tartiblarini, ular bilan bog‘liq ro‘yxatga olish kitoblari va boshqa hujjatlarni to‘ldirish, yuritish va saqlash tartibini, hisob va hisobot ma’lumotlarni tuzish va taqdim etish tartibini bilishi;

 

Talablar:

  • Maʼlumoti: oʻrta, oʻrta-maxsus;
  • Ish tajribasi: talab etilmaydi;
  • Jismonan sog‘lom, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan boʻlishi shart;
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 25-30 yoshgacha;

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Mehnat taʼtili;
  • Maxsus uniforma, issiq ovqat;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
  • Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
  • Ish joyi: Andijon viloyati, Andijon tumani.

 

Eslatma: koʻrsatilgan talablarga mos kelmagan nomzodning arizasi, avtomatik ravishda koʻrmasdan qoldiriladi.

Hurmatli nomzod, oʻz maʼlumotlaringizni toʻliq toʻldirilgan holda ariza topshirishingiz soʻraladi.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

Google Xarita