Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan“Uz Dong Yang Kompani” MCHJ qoʻshma korxonasiga qoʻriqchi lavozimigafuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishga taklif etamiz
Vazifalari:
Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish;
Oʻz kasbini mahoratini takomillashtirish, rejalashtirilgan oʻquv va sport mashgʻulotlarida ishtirok etish va belgilangan jismoniy me’yorlarni bajarish;
Obyektni ishonchli himoya qilish va obyekt ichida xavfsizlik tizimini ta’minlash, obyektda sodir boʻlgan nojoʻya xatti-harakatlar va tartib buzarliklar haqida bevosita rahbarini xabardor qilish;
Qoʻriqlanayotgan obyektga mumkin boʻlgan xavfni oldini olish uchun obyektdagi va uning atrofidagi vaziyat toʻgʻrisida ma’lumotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va umumlashtirib bevosita boshligʻiga eskalatsiya qilish;
Qoʻriqlanayotgan obyektni yongʻindan xabar berish qurilma signalizatsiyasi ishlaganda uning ishlash sabablarini aniqlash choralarini koʻrish;
Korxona sirlarini tarqatmaslik va tarqalishini oldini olish;
Professional axloqqa qatʼiy rioya qilish, ziddiyatli vaziyatlarni chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, ishchi xodim va rahbar xodimlar bilan samimiy munosabatda boʻlish, qoʻpol muomala qilmaslik, hushmuomala, mehnatsevar boʻlishi, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va aniq bajarishi jamoa bilan birgalikda ishlay olishligi kerak. Uning nazoratida aniqlangan kamchiliklar muammolarni bartaraf etish uchun oʻz vaqtida chora-tadbirlar qilish; (bevosita boshligʻiga eskalatsiya qilish)
Lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.
Talablar:
Oʻrta yoki oʻrta-maxsus;
Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
1 yillik harbiy xizmatga borgan boʻlsa ma’qullanadi;
Tizim korxonalarida ishlagan boʻlsa ma’qullanadi;
Sport yoʻnalishi boʻyicha diplom, sertifikat va guvohnomaga ega boʻlsa ma’qullanadi;
Jinsi: Erkak;
Yoshi: 20 yoshdan 26 yoshgacha;
Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.
Mehnat sharoitlari:
Issiq ovqat va maxsus kiyim;
Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq, fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ish bilan ta’minlash;
Ish haqi: 3 000 000 (uch million) soʻm;
Ish joyi: “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK, Andijon shahri, Industrial koʻchasi, 4-uy.
Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ qoʻshma korxonasiga qoʻriqchi lavozimiga fuqaroviy-huquqiy tusdag...