Ish maʼlumotlari

Quyuvchi (eritilgan metallarni qoliplarga) (15.12.2025y.) - "Auto Spring Components" MChJ

Yuborilgan sana: Dec 15, 2025

Ish izohi

Andijon viloyati, Andijon tumanida joylashgan “Auto Spring Components” MСhJga "Quyuvchi" (eritilgan metallarni qoliplarga) lavozimiga (15.12.2025y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.

Vazifalari:

  • Tsex boshligꞌi/ustasi tomonidan berilgan smena topshiriqlarini vaqtida va sifatli qilib bajarish.
  • Oꞌz ish joyini: uning dastgox va uskunalarini, dam olish joyini va oꞌziga (tsexga) biriktirilgan dam olish joyini, biriktirilgan hududni doimo toza holda saqlash.
  • Oꞌziga biriktirilgan dastgoh, uskunalarni va boshqa moddiy qiymatliklardan toꞌgꞌri foydalanish, ularni avaylab asrash.
  • Oꞌzi ishlab chiqarayotgan maxsulotni muntazam nazorat qilish, texnologik xujjatlardan toꞌgꞌri foydalana bilish va jarayonni u xujjatlar asosida boshqarish. Yonidagi ish joyining xato va kamchiliklarini u joy hodimiga etkazish va, agar zarur boꞌlsa, tsex ustasiga bu borada xabar berish.
  • Texnologik jarayonni amalga oshirishda dastgoh va uskunalarning parametrlarini yozib, qayd etib borish va tsex ustasiga bu xaqda maꞌlumot berish.
  • Mehnat muhofazasi, havfsizlik texnikasi, yongꞌin havfsizligi, mehnat intizomi, korxonada mehnat qilish ichki tartib qoidalariga qatiy rioya qilish.
  • Mehnat unumdorligini oshirish, maxsulot sifatini yaxshilab, maxsulot islab chiqarishdagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlash.
  • Dastgoh va uskunalardagi himoya vositalaridan, shaxsiy himoya vositalaridan ish vaqtida toꞌgꞌri foydalanish.
  • Tsex hodimlari bilan baxtsiz hodisa roꞌy bersa, birinchi yordam koꞌrsatish va zudlik bilan tsex rahbarlariga bu xaqda xabar berish.
  • Oꞌz ustida muntazam ishlab, malakasini oshirib borish, malaka oshirish borasida tashkil etiladigan oꞌqishlarda, bilimini sinash imtihonlarida qatnashish.

Talablar:

  • Oꞌrta maxsus yoki oꞌrta maꞌlumotli.
  • 23-40 yoshgacha.
  • Tibbiy koꞌrik xulosasida koꞌra sogꞌlom..

Quyuvchi quyidagilarni bilishi kerak:

  • Xavfsizlikka boꞌlgan talablarni, shu jumladan oꞌta xavfli
  • Dastgoxlarining texnik talablarini, mehnat muxofazasini.
  • Yongꞌin xavfsizligi qoidalarini;
  • Birinch yordam koꞌrsatishni;
  • Metall eritish jarayonini,
  • TSexdagi barcha turdagi dastgoxlarni, ularning ishlash prinsiplarini;
  • Kran va vibra mashinadan toꞌgri foydalanishni,
  • Operatorlar pultini toꞌgꞌri boshqarishni.
  • Texnologik jarayon va boshqa texnologik xujjatlarni tushunishni;
  • Oꞌz ishi doirasidagi nazorat oꞌlchov vositalaridan toꞌgꞌri foydalanishni va natijalarni kerakli jurnallarda qayd eta olishni;
  • Metall proportsiyalarini, yani qaysi qoꞌshimchadan qancha qoꞌshish kerakligini, eritilgan metallning quyish uchun tayyor boꞌlgan yoki tayyor boꞌlmaganini.
  • Ishlatayotgan agregatining umumiy ishlash prinsiplarini bilsh.
  • Metall quyish uchun kerakli rijimlarni tanlay ola bilsa va yuk koꞌtarish moslamalarini ishlata bilish.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Uniforma, issiq ovqat;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʻminlash;
  • Ish haqi: shartnoma asosida;
  • Ish joyi : Andijon tumani, Teraktagi MFY.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon tumani, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
  • Ish tajribasi
    3 yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta
  • gacha qoʻllash
    Dec 19, 2025

Google Xarita

Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy