UzAutoJobs
Asosiy Bo‘sh ish o‘rinlari Sifat tekshiruvchisi

Sifat tekshiruvchisi

"Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK · Jizzax shahri, Jizzax viloyati

Тўлиқ иш куни (Доимий) Smenali Kelishilgan
Yo‘nalish
Customer Support
Lavozim darajasi
Тажрибали профессионал
Tajriba
Bir yildan ko'p
Ma’lumot
O'rta
Jinsi
Erkak
O‘rinlar soni
2
Ariza muddati
10.11.2026
E’lon sanasi
05.11.2026

Lavozim tavsifi

Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ QK da
“Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK xodimi Sifat tekshiruvchisi lavozimiga ishga taklif etamiz

Vazifalari:

  • Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish;
  • “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QKdan “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ QKga yetkazib olib borilgan butlovchi qismlarni sifat tekshiruvidan belgilangan talablar asosida oʻtkazish;
  • Sifat nazorati boʻyicha ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqish, rahbariyat roziligiga koʻra, yetkazib berish va sifat nazorati jarayonlariga joriy etilishini nazorat qilish;
  • Sifat nazoratiga oid barcha meyoriy hujjatlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritish;
  • Tegishli boʻlim boshligʻiga kunlik, haftalik va oylik hisobotlarni topshirish;
  • Yetkazib berilgan butlovchi qismlarda aniqlangan kamchiliklar va sifat boʻyicha muammolarni bartaraf etish uchun oʻz vaqtida chora-tadbirlar qilish; (eskalatsiya)
  • Yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va aniq bajarishi, yetkazib berilgan butlovchi qismlarni buyurtmachiga topshirishda hushmuomala va mehnatsevar boʻlish;
  • Lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.

Talablar:

  • Oʻrta-maxsus yoki oliy ma’lumotli;
  • Tizim korxonalarida ishlagan boʻlsa ma’qullanandi;
  • Rus tilini bilishi ma’qullanadi;
  • Microsoft Office dasturi;
  • Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 40 yoshgacha;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Issiq ovqat va maxsus kiyim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
  • Ish haqi: Shtat jadvaliga asosan;
  • Ish joyi: Jizzax shahri Bunyodkor, A-Sanoat koʻchasi 10G-uy.

Izoh: Bu vakansiya faqat Jizzax shahrida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun

Shunga o‘xshash e’lonlar