"Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK · Jizzax shahri, Jizzax viloyati
Тўлиқ иш куни (Доимий)Smenali
Kelishilgan
Lavozim darajasi
Бошланғич даража
Tajriba
Tajribaga ega emas
Ma’lumot
O'rta
Jinsi
Erkak
O‘rinlar soni
2
Ariza muddati
10.11.2026
E’lon sanasi
05.11.2026
Lavozim tavsifi
Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan“BYD Uzbekistan Factory” MCHJ QK da
“Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK xodimi Yetkazib berish tizimi butlovchisi lavozimiga ishga taklif etamiz
Vazifalari:
Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish;
“Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QKdan “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ QKga yetkazib olib borilgan butlovchi qismlarni belgilangan talablar asosida buyurtmachiga topshirish (butlovchi qismlarni transportdan avtokaralar yordamida tushurish, birma-bir sanab qabul qilish, hujjat boʻyicha topshirish, boʻsh taralarni transportga yuklab qaytarish);
Yetkazib berish boʻyicha ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqish, rahbariyat roziligiga koʻra, yetkazib berish jarayonlariga joriy etilishini nazorat qilish;
Yetkazib berilgan butlovchi qismlarda aniqlangan kamchiliklar muammolarni bartaraf etish uchun oʻz vaqtida chora-tadbirlar qilish; (tegishli boʻlim boshligʻiga eskalatsiya)
Yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va aniq bajarishi, yetkazib berilgan butlovchi qismlarni buyurtmachiga topshirishda hushmuomala va mehnatsevar boʻlish;
Lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.
Talablar:
Oʻrta-maxsus;
Tizim korxonalarida ishlagan boʻlsa ma’qullanandi;
Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
Jinsi: Erkak;
Yoshi: 40 yoshgacha;
Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Issiq ovqat va maxsus kiyim;
Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
Ish haqi: Shtat jadvaliga asosan;
Ish joyi: Jizzax shahri Bunyodkor, A-Sanoat koʻchasi 10G-uy.
Izoh: Bu vakansiya faqat Jizzax shahrida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun