Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan AJ “Uz-SaeMyung Ko.”ga “yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi” lavozimiga (28.11.2025y.)(zaxira yaratish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Barcha turdagi yuk tashuvchi avtotransport vositalarini boshqara bilish;
Transport vositalarining texnik jihatdan sozligini tekshirib borish;
Transport sektori mexanigi tomonidan beriladigan barcha ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan topshiriqlarni bajarish;
Yuk tashuvchi avtomobillarga yuklarni ortishda va tushirishda tegishli qoidalarga rioya qilish, yuk avtomobiliga yuklarni joylashtirish va mahkamlash jarayonida harakat xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq tekshiruvdan о‘tkazish hamda yuk mashinasi xavfsizligini ta’minlash;
Talablar:
Ma’lumoti: o‘rta-mahsus ma’lumotga ega (yer usti va yuk tashuvchi avtotransport vositalarini boshqarish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish) bo‘lishi, oliy ma’lumotga ega bo‘lishi maqullanadi;
Jinsi: erkak kishi
Yashash manzili: Andijon shahri va unga yaqin hududlardan bo’lishi talab etiladi;
Yoshi: 30-45 yosh
yuk tashuvchi avtotransport vositalarini boshqarishda davlat korxonalarida kamida 3 (uch) yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi;
B,C,D,E kategoriyali, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi;
xizmat ko‘rsatiladigan yuk tashuvchi avtotransport vositalarining mexanizm va uskunalari ish prinsiplarini bilishi;
mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ish vaqtlari (ish grafigi asosidagi ishlar, tungi ish vaqti, ish vaqtidan tashqari ish va boshqalar)da ishlash;
zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Mahsus uniforma, issiq ovqat;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;