Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “AUTO RUBBER” MChJga Tayyor maxsulot omboriga “Yukchi” lavozimiga (27.10.2026y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Taralarni yuk mashinasidan tushirish, taralarni tozalash va mahsulotlarni jo‘natish uchun tayyorlash, singan va ta’mirtalab taralarni ta’mirlash, poddonlarni qabul qilish va tashish;
Kundalik foydalanish uchun zarur bo‘lgan qog‘oz qutilar, streych plyonka va butlovchi qismlarni xomashyo omboridan sanab olish va tashish;
Kun davomida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ko'rsatilgan tartib bo‘yicha ajratish va joylashtirish;
Omborda mavjud mahsulotlarni tegishli bo‘limlarga hujjatlar asosida yetkazib berish;
Ombordagi mahsulotlarni nomenklatura bo‘yicha saralash, ajratish va tartibga solish;
Korxona hududida joylashgan tayyor maxsulotlar omboriga kelgan yuklarni qabul qilish va jo'natish;
Kelgan yuklar va jo‘natish uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni hujjatlarda ko‘rsatilgan nomi hamda miqdoriga muvofiq ajratish va saralash;
Inventarizatsiya jarayonida ishtirok etish;
Ombor hududini tozalash va tozalikni saqlash.
Kamida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
O‘zbek tilini bilish;
Jismonan sog‘lom bo‘lish;
Jinsi: erkak;
Yoshi: 20 yoshdan 40 yoshgacha;
Korxonaning siyosati, prinsiplari va strategiyalarini tushunish.
Ijtimoiy paket;
Maxsus uniforma va issiq ovqat bilan ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ishga qabul qilish;
Ish haqi: o‘zaro kelishuv asosida;
Ish vaqti: smenali ish tartibi;
Ish joyi: Andijon shahar, Boburshox ko`chasi 73A-uy.