Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va boshchiligida tashkil etilgan “O’zavtosanoat” Aksyiadorlik Kompaniyasi iqtisodiyotimizning bunyodkorlik salohiyatining ramziga aylandi. Nufuzli kompaniyalar bilan teng va o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatishga asoslangan ilgari odimlash strategiyasi raqobatbardosh mahsulotlarni dunyo standartlari darajasida ishlab chiqarishga qaratilgan.
Ayni damda Markaziy Osiyo hududidagi barcha turdagi yengil avtomobillari va tijorat texnikasini ishlab chiqaruvchi yagona davlat O’zbekiston bo’lib turibdi. Bugungi kunda sohada “O’zavtosanoat” Aksiyadorlik Kompaniyasi doirasida birlashtirilgan va bevosita 26 mingdan ortiq ishchi o’rniga ega 85 dan ortiq tarmoq korxonalari va tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda, 200dan ortiq chet el korxonalari bilan hamkorlik aloqalari o`rnatilgan. “O’zavtosanoat” AKning 100% aksiyalari O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan egalik qilinadi va faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan nazoratga olinadi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda avtomobil sanoati bu – asosiy ishlab chiqarish sohasi tushunchasidan ham yuqoriroq tushuncha. Bu dunyo tan olgan va biz g’ururlanadigan muvaffaqiyat. Buning barchasi esa, 21 yil oldin – Andijon viloyati Asaka shaxrida Markaziy Osiyo hududidagi birinchi avtomobil zavodini qurilishidan boshlangan edi.
2004-yilda “O'zavtosanoat” Assosatsiyasi ishlab chiqarish boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida aktsiyadorlik kompaniyaga aylantirildi. Hozirgi kunda u o’nlab katta va o’rta korxonalar bilan bir qatorda Koreya respublikasi, Italiya, Germaniya, AQSH kabi xorijiy mamlakatlar kapitali bilan birgalikda tashkil etilgan kompaniyalarni birlashtiradi.
Ular orasida korxona ham avtomobilqurilishining o’zi, ham ommaviy iste’mol maxsulotlari ishlab chiqaruvchisi. Tarmoqning samaradorligining yana bir omili shundan iboratki, “O'zavtosanoat” AK tashkiliy strukturasi aniq qilib tuzilgan bo’lib, quyidagi tarmoqlar bo’yicha bo’linadi:
- Asosiy ishlab chiqarish kompaniyalari- “UzAuto Motors” AJ, “SamAuto”MCHJ, “JV MAN Auto-Uzbekistan” QK MCHJ, “GM Powertrain Uzbekistan”.
- Komplekt detallar ta’minotchilari- lokalizatsiya korxonalari, sohalar uchun import tovarlari o’rnini bosuvchi tovarlar.
- Sotish va servis xizmatlari bilan shug’illanuvchi kompaniyalar, shu bilan birga lizing kompaniyasi.
- “UzAuto Motors” AJ ning Xorazmdagi filiali.
- O’zbekiston iqtisodiyoti o’sishining ijobiy o’zgarishi, hattoki davom etib kelayotgan jahon inqirozi sharoitida ham, birinchi navbatda modernizatsiya, iqtisodni har tomonlama diversifikatsiyalash, ishlab chiqarishni uzluksiz yangilash, innavatsion texnologiyalarni joriy qilish kabi maqsadlarga yo’naltirilgan.
- Asosiy e’tibor milliy avtomobillarni zamon talabiga mos ravishda ishlab chiqara oladigan mutahasislarni o’qitish va tayyorlashga qaratilmoqda. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti filialining ochilishi kadrlarni avtomobilqurilishi sohasiga tayyorlashdagi yana bir muhim bosqich bo’ldi. Bu yerda mutaxassislarni mashinaqurilishi va avtomobilqurilishi, informatika-kommunikatsiya texnologiyalari, energetika, arxitektura va qurilish sohalari bo’yicha tayyorlashadi. Asaka va Samarqanddagi avtomobil qurilishi kollejlarida ta’lim olgan bitiruvchilar ham muvaffaqiyatli amaliyotni o’tab bo’lib, “O'zavtosanoat” AK kompaniyasi xodimlariga aylanishmoqda.
- “O'zavtosanoat” AK da investitsion proektlarni rivojlantirish bo’yicha, modernizatsiyalash programmasi 2014-yilgacha texnik va texnologik ishlab chiqarish bilan qurollanish, “Navoiy” Erkin industrial-iqtisodiy zonasini tashkil etish,Qo’qon industrial potentsialini rivojlantirishdagi proektlar, Namangan va Farg’onada ishlab chiqarilgan avtomobil komponentlarini lokalizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalar bilan birgalikda “JV MAN Auto-Uzbekistan” korxonasini tashkil qilishga oid dasturlari bo’yicha monitoring tashkil etilgan. Bu ishlarning barchasi Prezident va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarorlariga mos ravishda amalga oshiriladi.
- Hozirgi kunda o’zbek avtosanoati mamlakat iqtisodiyotida jadal rivojlanayotgan tarmoq hisoblnadi, masalan O’zbekistonning eksport salohiyati bo’yicha mamlakat tashqi iqtisodiyotida katta rol o’ynaydi.