«AUTO FORTIS» MChJ — O'zbekiston avtomobilsozlik sanoatida zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori sifatli butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxona.
Bizning ixtisoslashuvimiz Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun innovatsion multi rul chambaraklari ishlab chiqarishdir. Har bir mahsulot GM Uzbekiston korxonasining qat'iy texnik talablariga to'liq javob beradi.
Korxonamiz 9 600 m² maydonni egallagan zamonaviy ishlab chiqarish kompleksiga ega bo'lib, «UzAutocomponents» holdingiga kiradi.
Barcha mahsulotlar OEM standartlarida sertifikatlangan va GM Uzbekiston korxonasiga bevosita yetkazib beriladi.